Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 13 yoshli maktab o‘quvchisi homilador ekani aniqlandi
Samarqand shahridagi maktablardan birida tahsil oladigan 13 yoshli qizning homiladorligi aniqlangan. Viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati buni tasdiqladi.
Ma'lum bo‘lishicha, Samarqand shahar xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 63-umumta'lim maktabida tahsil oluvchi 13 yoshli o‘quvchi qiz homilador ekani aniqlangan. Qizning homilasi 25 haftalik bo‘lgan.
Viloyat XTB axborot xizmati Kun.uz’ga bergan izohida hozirda mazkur hodisa huquqni himoya qilish organlari bilan birgalikda o‘rganilayotganini ma'lum qildi.
“Hozirda ushbu xabar yuzasidan tegishli huquq-targ‘ibot organlari bilan birgalikda ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijasi bo‘yicha batafsil ma'lumot beriladi”, deyiladi XTB taqdim etgan ma'lumotda.
Shuningdek, viloyat IIB axborot xizmati 2008 yilda tug‘ilgan qizning homilador bo‘lib qolgani holati yuzasidan huquqni himoya qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilayotganini bildirdi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda 13 yoshli maktab o‘quvchisi 25 haftalik homilador ekani aniqlandi” sarlavhasi ostida e'lon qilingan xabar yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot beriladi”, deyiladi viloyat IIB axborot xizmati taqdim etgan ma'lumotda.
Mavzuga oid
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
15:30 / 03.02.2026
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
10:53 / 29.01.2026
Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
10:30 / 29.01.2026