Çexiya prezidenti Miloş Zeman Fuqarolik demokratik partiyasi yetakçisi Petr Fialani mamlakatning yangi boş vaziri etib tayinladi.    

Boş vazirni tayinlaş marosimi prezident saroyi Lanuda joriy haftada Zemanda koronavirus aniqlangani sababli qat'iy xavfsizlik çoralariga amal qilingan holda ötgan. Jumladan, zalning Zeman joylaşgan qismi oynavand tösiq bilan ihotalangan.

Yangi vazirlar mahkamasi qaçon tayinlanişi hozirça noma'lum, biroq Fiala Zemanga hukumatning ehtimoliy tarkibini taqdim qilgan.

Fiala uning hukumati öz zimmasiga javobgarlikni olib, mamlakatdagi dolzarb muammolarga, jumladan energetika inqirozi, inflatsiya va koronavirusga qarşi kuraşişga tayyorligini bildirgan.

Zeman joriy haftada uzoq muddatli davolanişdan keyin şifoxonadan çiqarilgandi, biroq koronavirusga musbat test topşirgani sababli öşa kuniyoq yana u yerga qaytarilgandi.

57 yoşli Petr Fiala Fuqarolik demokratik partiyasi yetakçisi hisoblanadi. Bungaça u ta'lim, yoşlar va jismoniy tarbiya vaziri lavozimini egallagan, 2013 yildan Çexiya prezidenti deputati sifatida faoliyat yuritadi.

Çexiyada 8-9 oktyabrda parlament saylovlari bölib ötgandi va uning natijalariga köra liberal kuçlar koalitsiyasi “Birgalikda” ğalaba qozongandi. Uşbu koalitsiya tarkibiga Fuqarolik demokratik partiyasi, TOR 09 harakati va Xristian-demokratik harakat kiradi. 2-örinni endilikda sobiq boş vazir Andrey Babişning ANO harakati egallagan.

11 noyabrda Babiş boşçiligidagi hukumat iste'foga çiqqan.