Qirğiziston parlamenti deputati Bakitbek Jyetigenov respublikada hokimiyatni kuç bilan egallab olişga uriniş işi böyiça qölga olindi. Siyosatçi tergov izolyatoriga yetkazilgan.
Tergov taxminiga köra, Jyetigenov va uning hamkasbi, “Xalq uyğunligi” jamoatçilik birlaşmasi yetakçisi Askat Temraliyev respublikada parlament saylovlaridan keyin ommaviy noroziliklar uyuştirib, davlat töntaruvini sodir etişni rejalaştirgan.
Avvalroq Qirğiziston maxsus xizmatlari mamlakatda hokimiyatni kuç bilan egallaşni rejalaştirgan jinoiy guruh faoliyatiga çek qöygani ma'lum qilingandi.
Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov respublikada tinçlik va barqarorlikni izdan çiqarişga urinayotganlarga qarşi qat'iy çoralar körişga va'da bergan.
28 noyabrda Qirğizistonda parlament saylovlari bölib ötdi.

















