Rossiya xalq artisti, qöşiqçi va kompozitor Aleksandr Gradskiy 72 yoşida vafot etdi. Bu haqda Rossiyaning Birinçi kanali xabar berdi.
Artist 28 noyabrga ötar keçasi vafot etgan. 26 noyabrda u özini yomon his qilib, huşini yöqotgaç, insult gumoni bilan Moskvadagi şifoxonalardan biriga yetkazilgan. Avvalroq kompozitor oila a'zolariga özini yomon his qilayotganidan bir neça marta şikoyat qilgan. Ta'kidlanişiça, u sentyabrda koronavirusni boşdan ötkazgaç, soğliği ança yomonlaşgan.
Gradskiy 1949 yil 3 noyabrda Kopeysk şahrida dunyoga kelgan. Gnesin nomidagi musiqa-pedagogika instituti, Moskva konservatoriyasini tamomlagan. 1965 yilda sobiq ittifoqdagi ilk rok-guruhlardan biri “Slavyane”ga, bir yildan keyin esa unga maşhurlik keltirgan “Skomoroxi” guruhiga asos solgan.
Gradskiy 40dan köproq badiiy, bir neça önlab hujjatli va multiplikatsion filmlarga musiqa yozgan.
1999 yilda Rossiya xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan. U, şuningdek, “Gradskiy Xoll” teatri badiiy rahbari bölgan.
Gradskiy oxirgi yillarda “Golos” musiqiy tanlovi hakamlar hay'ati tarkibiga kirgan.
















