«Golos» saylovçilar huquqlarini himoya qiliş böyiça Butunrossiya jamoat harakati öz faoliyatini töxtatdi. Tegişli bayonot uning rahbariyati tomonidan 8 iyul, seşanba kuni e’lon qilindi.

Foto: Kristina Kormilitsyna/IMAGO
«Mamlakatimizda samarali institutlar va adolatli saylovlar ötkazilişini ta’minlaş uçun köp yillar davomida vaqt va kuçini sarflagan barçaga rahmat», — deyiladi hujjatda. «Golos» heç qaçon öz maqsadini u yoki bu siyosiy kuçning ğalabasi sifatida körmagan, çunki saylovni kuzatiş siyosiy faoliyat emas, balki Rossiyaning konstitutsiyaviy tuzumini va fuqarolarning davlat tomonidan kafolatlangan huquqlarini himoya qiliş usulidir».
Ta’kidlanişiça, faoliyatni töxtatiş qarori «Golos» hamraisi Grigoriy Melkonyansga jinoiy iş böyiça Moskvaning Basmanniy sudi tomonidan may oyida çiqarilgan hukm munosabati bilan qabul qilingan. U Rossiyada «nomaqbul» nodavlat taşkilot faoliyatini taşkil etişda ayblanib beş yilga qamaldi.
«Uşbu sud qarori boşqa tanlov qoldirmaydi, çunki u nafaqat «Golos»ning barça iştirokçilariga, balki maslahat va yuridik yordam söragan odamlarning ham jinoiy javobgarlikka tortilişi bilan tahdid soladi», — deya tuşuntirdi harakat. «Bizning döstimiz va hamkasbimiz Grigoriy Melkonyansning hibsga olinişidan faqat bitta maqsad bor edi – «Golos»ning ovozini öçiriş», — deya işonç bildirdi bayonot mualliflari.
















