Microsoft boş direktori Satya Nadella öziga tegişli kompaniya aksiyalarining yarmini sotdi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.
Qayd etilişiça, Nadella ikki kun içida 1,7 mln dona aksiyasidan 838 ming 584 donasini 285 mln dollarga sotgan.
Tahlilçilar bu Vaşington ştati yiliga 250 ming dollardan ortiq kapitalga soliq joriy etişni rejalaştirayotgani bilan boğliq degan fikrda.
Bu Nadella uçun eng yirik aksiya sotuvi hisoblanadi, deb yozadi InsiderScore. InsiderScore direktori Ben Silvermanning fikriça, eng boy odamlar aksiyalarini sotiş orqali soliq kodeksidagi özgarişlardan ilgarilab ketmoqda. U noyabr boşida aksiyalarini sotişni boşlagan Tesla va SpaceX asosçisi Ilon Maskni bunga misol qilib keltirdi.
Nadella Microsoft kompaniyasiga 2014 yildan rahbarlik qila boşlagan. Hozirda Microsoft kapitalizatsiyasi 2,5 trln dollardan oşadi. Nadella boş direktor bölganidan buyon kompaniya narxi 780 foizga oşgan, deya aniqlik kiritadi WSJ.












