Ta'kidlanişiça, loyiha Xalqaro moliya korporatsiyasi kömagida Energetika vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi hamda Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi tomonidan amalga oşiriladi.
Unga köra, Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVtgaça bölgan uçta quyoş fotoelektr stansiyasi quriladi.
Tender jarayoni eng yuqori xalqaro standartlar, oçiqlik va şaffoflik talablariga rioya etilgan holda taşkil etiladi. Unda iştirok etişni xohlovçilarning barçasiga bepul malaka sörovi taqdim etildi.
Tender komissiyasi tender iştirokçilaridan takliflarni olgandan söng, qabul qilingan takliflarning töliqligi va izçilligini baholaş uçun yuboriladi, şundan söng malakali iştirokçilarning “qisqa röyxati” e'lon qilinadi, ular keyinçalik tenderning ikkinçi bosqiçiga qöyiladi.















