Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili 29 noyabrda sud binosini tez yordam maşinasida tark etdi. Siyosatçi sudda 2007 yil noyabrda Tbilisidagi namoyişning kuya bilan tarqatilişi va “Imedi” telekompaniyasi ofisining ostin-ustun qilinişi işi böyiça javob bergan.
Voqea joyidan olingan videoda sud binosini 3 ta politsiya maşinasi hamrohligida tez yordam reanimatsiya avtomobili tark etayotganini köriş mumkin.
Avvalroq Saakaşvili sud zalini öz nutqini sözlab bölgandan bir soat ötib tark etgani ma'lum qilingan. Uning advokatlari ta'kidlaşiça, şifokorlar siyosatçiga soğliği yomonlaşgani sababli sud jarayonida 2 soatdan köp iştirok etmaslikni tavsiya qilişgan.
Sud yiğilişi vaqtida sobiq prezident prokuratura ayblovlarini tan olmasligini aytgan va ularni “oldindan yozilgan komediya” deb atagan. U Tbilisidagi namoyişning kuç bilan tarqatilişiga aloqadorlikda ayblanmoqda.
Saakaşvili Gruziyaga qaytganidan keyin 1 oktyabrda hibsga olingandi. U bunga norozilik sifatida oçlik e'lon qilgan. Uzoq davom etgan oçlik natijasida siyosatçining soğliği yomonlaşgan.












