«Tolibon» harakati Qrimda yaşayotgan insonlarni qöllab-quvvatlaydi, ularning öz ovozi bor, dedi harakat rasmiy vakili Zabihulla Mujohid «Oktagon» naşriga bergan intervyusida.

«Qrim masalasida aytmoqçimanki, bu Ukraina va Moskvaning işi. Bu muammo tez vaqtda yeçiladi deb umid qilamiz. U tufayli mintaqada uruş boşlanişi va boşqa mamlakatlar bundan öz maqsadlarida foydalanişidan Xudo saqlasin», — deya qöşimça qildi Mujohid.

Harakat vakili Qrimning Rossiya hududi deb tan olinişi borasida agar yarimorol aholisi Rossiya bilan bölişni istasa, «Tolibon» ham bunga qöşilişini aytdi. 

Oktyabrda Kreml vakili Dmitriy Peskov toliblarni Afğonistonning amaldagi rahbariyati deb atagandi.

«Toliblar yuridik jihatdan tan olinmagan, ammo amalda Afğoniston rahbariyati hisoblanadi», — degandi u.