OITS qanday kasallik?

OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) –  OITV (odam immun tanqisligi virusi) tomonidan chaqiriladigan kasallik. Kasallik inson immun tizimini o‘zgartiradi, infeksion va boshqa kasalliklarga sezuvchanlikni oshiradi. Agar bu sindrom rivojlansa, sezuvchanlik yanada oshadi.

OITV virusi odamning barcha to‘qimalarida uchraydi, zararlangan odamning organizmiga ichki suyuqliklari orqali yuqadi. Masalan, sperma, qin ajralmasi, qon va ko‘krak suti orqali tarqalishi aniqlangan.

OITV — OITSning rivojlanishi sababidir. Ba'zi hollarda esa virus bilan zararlangan odamlarda OITS rivojlanmasligi mumkin. OITS ko‘p hollarda OITVni o‘z vaqtida davolamaslik natijasida yuzaga keladi.

OITV asosan 3 yo‘l bilan: onadan bolaga, qon va jinsiy aloqa orqali yuqadi. 

Dunyoda…

Kasallik bugungi kunda ham keng tarqalgan bo‘lib, har yili dunyo bo‘ylab 1,5 milliondan ortiq odam OITV bilan kasallanadi.  

UNAIDS ma'lumotlariga ko‘ra:

OITV bilan kasallanganlar soni — 2020 yilda dunyo bo‘ylab  taxminan 37,7 million kishini tashkil etdi. Ulardan 36 millioni kattalar va 1,7 millioni 0–14 yoshli bolalardir. Yarimdan ko‘pi (53 foiz) ayollar va qizlar edi.

O‘zbekistonda holat qanday?

2020 yil ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ushbu kasallik bilan kasallanganlar soni 58 mingtani tashkil etadi. Tuzalganlar – 2800 nafar. 2020 yil ma'lumotlari bu kasallikdan 1000ga yaqin odam o‘lganini ko‘rsatadi.

Yangi OITV

Yangi OITV infeksiyalarining 1,3 millioni 15 yoshdan oshganlar, 160 ming nafari 0–14 yoshli bolalar orasida kuzatilgan.

OITV testi

2020 yilda butun dunyo bo‘ylab OITV bilan kasallanganlarning taxminan 84 foizi OITV holatini bilishgan. Qolgan 16 foizi (taxminan 6,0 million kishi) hali ham OITV testi xizmatlaridan foydalanishga muhtoj. OITV testi OITVning oldini olish, davolash, o‘zini parvarish qilish uchun muhimdir.