Milliarder va Tesla kompaniyasi asosçisi Ilon Mask yangi gadjetni taqdim etdi. U Twitter sahifasida Cyberwhistle huştagi sotuvi boşlanganini e'lon qildi.
Maskning sözlariga köra, Cyberwhistle – oddiy huştak emas, balki premium-toifadagi kolleksion gadjet. U zanglamaydigan pölatdan işlangan va körinişi Cybertruck elektromobilini eslatadi.

“Cybertruck elektromobilidan ilhomlanib çeklangan miqdorda çiqarilgan Cyberwhistle huştagi zanglamaydigan tibbiyot pölatidan tayyorlangan premium-toifadagi kolleksiya buyumi hisoblanadi”, — deyiladi mahsulot haqida.
Cyberwhistle narxi 50 dollar bölib, uning dastlabki partiyasi sotib bölingan.












