Prezident Şavkat Mirziyoyev 30 noyabr kuni gidroenergetika sohasidagi loyihalarga oid taqdimot bilan tanişdi.

«Mamlakatimizda energetika sohasi keng kölamda rivojlantirilmoqda. Neft, gaz kabi uglevodorodlar bilan çeklanib qolmasdan, quyoş, şamol va suvdan elektr energiyasi oliş inşootlari barpo etilmoqda.
Xususan, 2017 yilda prezident farmoni bilan «Özbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati taşkil etilgan edi. Ötgan davrda 11 ta yangi gidroelektrstansiyasi qurilib, 8 tasi modernizatsiya qilindi. Natijada 244 megavattlik qöşimça quvvat yaratildi.
Lekin, yurtimizning gidroenergetika salohiyati 50 foiz işga solingan, xolos. Şu bois jami 740 megavatt quvvatli 21ta yirik loyiha işlab çiqilgan. Xususan, kelgusi yilda 170 megavattli 7ta, 2023-2024 yillarda 150 megavattli 12ta hamda 2025-2026 yillarda 420 megavattli 2ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Taqdimotda uşbu inşootlarni sifatli quriş va barqaror işlaşini ta'minlaş böyiça körsatmalar berildi.
Davlat rahbari töğon talab etmaydigan kiçik gidrostansiyalar quriş masalasiga alohida e'tibor qaratib, bunga xususiy sektorni jalb qiliş kerakligini ta'kidladi.

Bugungi kunda 22ta şunday istiqbolli maydon röyxati şakllantirilgan. Ularda quvvati 5 megavattgaça bölgan mini gidroelektrstansiyalar quriş böyiça tender e'lon qilinişi belgilandi.
Şuningdek, Norin, Söx, Tanxoz, Oq buloq, Ugom kabi daryolar va kanallarda 500 kilovattgaça quvvatga ega ixçam gidrostansiyalar örnatiş imkoniyati bor. Tadbirda qayd etilganidek, bunday joylar röyxati aholi va tadbirkorlarga e'lon qilinadi. Bunda quyoş, şamol elektr stansiyalari örnatgani uçun aholi va tadbirkorlarga qanday imtiyozlar berilgan bölsa, kiçik gidrostansiyalar uçun ham şunday imtiyoz va subsidiyalar qöllanilişi belgilandi.
Gidroinşootlarni işlatiş uçun malakali mutaxassislar tayyorlaş masalasiga ham töxtalib ötildi. Texnika, irrigatsiya va arxitektura yönalişidagi oliy öquv yurtlarida bunga alohida ahamiyat qaratiş, ularda quriliş hamda gidravlik laboratoriyalar taşkil etiş zarurligi qayd etildi.

















