Poytaxt teatrlarida joriy yilning 30 noyabridan 7 dekabriga qadar Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi, Boltiqböyi va Gruziya davlatlari iştirokida “Yoşlar teatr san'ati” forumi bölib ötadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Uşbu forum ilk bor 2012 yilda Kişinev şahrida (Moldova), keyin 2015 yil Minsk (Belarus)da va 2018 yil Yerevan (Armaniston)da ötkazilgan bölsa, bu galgi forumga Özbekiston mezbonlik qilmoqda.
Forumda Armaniston, Estoniya, Qozoğiston, Qirğiziston, Gruziya, Ukraina, Rossiya, Moldova, Belarus, Tojikiston, Ozarboyjon kabi davlatlardan taşrif buyurgan qatnaşçilar ekspertlar kengaşi tomonidan tanlab olingan spektakli bilan iştirok etadi.
Şuningdek, forum doirasida “Ta'lim dasturi” amalga oşiriladi. Unda yoş teatr ijodkorlariga öz kasbiy tajribalari bilan örtoqlaşiş imkonini beradi. Forum iştirokçilari “Ta'lim dasturi” laboratoriyasida malakali rejissyor, aktyor hamda teatr tanqidçilaridan mahorat darslarini olib, forum davomida yagona spektakl ustida ijod qilişadi. Forum yakunida esa mazkur spektakl tomoşabinlar e'tiboriga havola etiladi.












