Davlat soliq qömitasi yangi axborot tizimlari borasida tadbirkorlarning xavotiri yuzasidan munosabat bildirdi.
“Bir vaqtning özida bir neçta axborot-tahliliy tizimlarni joriy etişga tayyorgarlik körilayotgani, ularni joriy etiş muddatlarining qisqaligi, şuningdek, tizimlardagi kamçiliklar sababli tadbirkorlik sub’yektlarida xavotir paydo bölmoqda.
Barça axborot-tahlil tizimlari maqsadli guruhlari va iqtisodiyot tarmoqlari (şu jumladan, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik) vakillari bilan birgalikda qayta işlab çiqişni inobatga olgan holda bosqiçma-bosqiç işga tuşirilişini ma’lum qilamiz”, — deyiladi rasmiy xabarda.
DSQ 3ta yangi elektron tizim haqida ma’lumot berdi.
E-aktiv tizimi: bugungi kunga kelib dastur modeli işlab çiqilgan. Birinçi bosqiçda u faqat kiruvçi va çiquvçi tovarlar oqimini hisobga olişga qaratiladi (EHF va BYuD asosida avtomatik ravişda);
MXIK: ölçov birliklarini MXIKka biriktiriş ham 2022 yil 10 yanvardan bozor iştirokçilari bilan muhokama natijalaridan söng tovarlar guruhi böyiça bosqiçma-bosqiç boşlanadi (qöşimça ma’lumotlar e’lon qilinadi);
QQS guvohnomasi: bugungi kunda tizim test rejimida işlamoqda va davlat organlarining boşqa axborot tizimlari bilan soliştirilmoqda.
Qömita tadbirkorlardan şu va boşqa axborot tizimlari işlab çiqarilib, test rejimida işga tuşirilgandan söng ulardagi kamçiliklar haqida xabar berişni, şuningdek, takliflarini yuborişni söragan.
Şuningdek, xabarda quyidagilar ma’lum qilingan:
- EHFni şakllantirişda yuzaga kelgan qiyinçiliklar tufayli noyabr oyi uçun EHF taqdim etiş muddati 2021 yil 20 dekabrga qadar uzaytirildi;
- amaldagi qonunçilikda tegişli MXIKlarning EHFda notöğri aks ettirilgani uçun javobgarlik nazarda tutilmagan. Bunda sayyor soliq tekşiruvlari MXIKlarga emas, balki avvalgidek EHFda körsatilgan tovarlarning öziga xosliklarini hisobga olgan holda tahlil qilişga asoslanadi.
Avvalroq, QQS tölamaslik xavfini aniqlaştiruvçi instrument işga tuşirilişi ma’lum qilingandi










