«Bu imkoniyat hech kimda bo‘lmagan» - QQS to‘lamaslik xavfini aniqlashtiruvchi instrument ishga tushiriladi
DSQ raisining so‘zlariga ko‘ra, yangi instrument 2022 yildan ishga tushadi va u kontragentning budjetga qancha QQS to‘laganini avtomatik hisoblab berib turadi.
2022 yildan «soliq uzilishi» instrumenti ishga tushadi. Bu haqda DSQ raisi Sherzod Qudbiyev ma'lum qildi.
«Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lamaslik xavfini aniqlashtiruvchi tahliliy instrument ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ustida ish boshladik. Ya'ni bu – «soliq uzilishi». Buni 1 yanvargacha joriy qilishga va har bir hisob-fakturada ko‘rsatib turishga harakat qilamiz», dedi u.
Qudbiyev ushbu instrumentning qanday ishlashiga to‘xtaldi.
«Siz kontragent bilan ishlashdan oldin kontragentingiz necha foiz QQSni budjetga to‘laganini hisoblab beramiz. Bu imkoniyat hech qachon hech kimda bo‘lmagan. Hozirgi IT shu imkoniyatni beradi.
Dastlabki hisob-kitoblarimiz juda ayachli ahvolda ekanimizni ko‘rsatib turibdi. QQSning butun zanjirini – 20 kontragent bo‘ladimi, 30tami – bu matematika, uni aldab bo‘lmaydi. Yaqqol ko‘rinib turadi. Endi shu zanjir bo‘yicha uzilish amaliyotini yangi yildan joriy etamiz», deya DSQ raisi so‘zlarini keltiradi Kun.uz muxbiri.
Avvalroq, QQS to‘lovchilar maxsus ro‘yxatdan o‘tishi belgilab qo‘yilgani ma'lum qilingandi. Shuningdek, yangi tartibga ko‘ra, intizomli soliq to‘lovchilarga QQS summasi 7 kunda qaytariladi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi
O‘zbekiston | 07:02
-
YeChL. "Barselona" va "PSJ" qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi
Sport | 01:53
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
O‘zbekiston | 01:32
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
Mavzuga oid

12:11 / 27.03.2025
Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

10:56 / 18.03.2025
QQS summasi o‘rnini qoplash tartibiga o‘zgartirish kiritildi

20:38 / 31.01.2025
Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklariga QQS to‘lovining 50 foizi qaytariladi

19:13 / 30.01.2025