Abdulaziz Komilov Şvetsiya tomonini YeXHTdagi muvaffaqiyatli raisligi bilan tabriklab, Özbekistonning mazkur tuzilma bilan konstruktiv va özaro manfaatli muloqotni kengaytiriş tarafdori ekanini ta'kidladi.

Özbekiston va Şvetsiyaning siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirişdan birday manfaatdor ekanligi tasdiqlandi. Bölajak tadbirlar şu jumladan, vazirliklararo siyosiy maslahatlaşuvlarning navbatdagi davrasini ötkaziş jadvali körib çiqildi.

Stokholm şahrida Özbekiston elçixonasining oçilişi ikki tomonlama hamkorlikni sezilarli darajada jadallaştirişga xizmat qilişi qayd etildi.

Tomonlar Afğonistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr va mulohazalar almaşdilar.