Uşbu miqdor Xitoy, Fransiya, Britaniya, Pokiston, Hindiston, Şimoliy Koreya va Isroilda mavjud bölgan yadro qurollaridan köproqni taşkil qiladi.
B61-12 yadro bombalari AQŞda 1968 yilda qurollanişga olingan B61 turidagi bombaning oxirgi modifikatsiyasi hisoblanadi. Bomba AQŞning stels texnologiyasiga ega B-2 Spirit bombardimonçi va NATOning Yevropadagi boşqa turdagi qiruvçi-bombardimonçi samolyotlari uçun möljallangan.
Turli ma'lumotlarga köra, ayni vaqtda AQŞ Yevropada taktik aviatsiya tomonidan qöllaş uçun 100-150 ta yadro aviabombasiga ega.
Avvalroq B61-12 bombasining ilk seriyali nusxasi işlab çiqarilgani ma'lum qilingandi. Bomba Texasdagi Pantex korxonasida 23 noyabrda işlab çiqarilgan. Ma'lumotlarga köra, ayni vaqtda AQŞda bunday yangi yadro bombasidan kamida 10 dona bor.
Birinçi bosqiçda uşbu bombalardan aksariyati AQŞning qit'adagi qismida joylaştirilişi, keyinroq esa Yevropadagi aviabazalarga yetkazilişi mumkin.
B61-12 aviabombalari AQŞning Germaniya, Belgiya, Niderlandiya, Italiya va Turkiyadagi aviabazalarida joylaştirilişi taxmin qilinmoqda.
Yangi bombaning avvalgilaridan farqi uning dum qismidagi qöllaş aniqligini oşiruvçi inersial nişonga oliş tizimida bölib, u bombani boşqariş imkonini beradi va uni aniqroq qiladi. Bunday bombani paraşyutda tuşirmay, katta balandlikda uçayotgan samolyotdan taşlaş mumkin. Bomba taşlangandan keyin nişon tomon bir neça kilometr özi mustaqil ravişda harakatlana oladi.

















