Donald Trampning yadro qurollari sinovi bo‘yicha tahdidi global xavfsizlik bilan bog‘liq murakkab savollarni keltirib chiqardi. Mutaxassislarga ko‘ra, AQSh 33 yildan beri yadro arsenalini sinamagan bo‘lsa-da, hali ham dunyoning narigi tomonidagi nishonlarni ishonchli tarzda yo‘q qila oladi. Ushbu maqolada Amerikaning atom bombalari va ularni sinov maqsadida portlatishga oid eng muhim ma’lumotlar keltiriladi.

Boshlanish – Putinning «mo‘jizaviy» qurollari

Aslida hammasi bir hafta oldin boshlandi. Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushini tugatishga majburlash uchun ruslarning ikki eng yirik nefta kompaniyasiga sanksiyalar joriy qildi. Shu kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining yadroviy triadasi: quruqlik, suv va osmondagi yadro tashuvchi raketalari sinovini e’lon qildi.

Bir necha kun o‘tib esa yadroviy dvigatelga ega, «cheksiz masofaga» ucha oladigan, yadro quroli olib yurishi mumkin bo‘lgan «Burevestnik» dron-raketasi sinovdan o‘tganini aytdi.

Foto: Kreml matbuot xizmati

Shundan keyin, atom energiyasida ishlaydigan «Poseydon» yadroviy torpedosini taqdim etdi. Putinga ko‘ra, «harakat tezligi va chuqurligi bo‘yicha» dunyoda bunday uskuna yo‘q va yaqin orada paydo bo‘lishi dargumon.

Trampdan kutilmagan bayonot

30 oktyabrga o‘tar kechasi Donald Tramp Pentagonga yadroviy qurol sinovlarini boshlashni buyurganini bildirdi. «Boshqa davlatlar sinov dasturlarini o‘tkazayotgani sababli men Mudofaa vazirligiga yadroviy qurolimizni paritet asosida sinashni boshlashni topshirdim. Bu jarayon darhol boshlanadi»,