SSSRda yaşirilgan hodisalar: sovetlar Özbekiston hududida yadro bombasini nega portlatgan edi?
|22:58 / 12.07.202371 90313 min
Sovet davrida Özbekistonda ikki marta yadro bombasi portlatilgan. Ulardan birining quvvati Xirosimaga taşlangan bombaning kuçidan ikki barobar kuçli bölgan. Öşanda yadro bombasi portlatişdan avval odamlar ogohlantirilmagan, yaşaş joyidan köçirilmagan. Portlaşning salbiy oqibatlari inobatga olinmagan. Bundan faqat bir xulosa çiqariş mumkin – sovetlar millionlab insonlarning xavfsizligi va soğligini mutlaqo öylamagan.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Sobiq sovet ittifoqi şunday davlat bölganki, unda na odamlarga va na tabiatga rahm-şafqat qilinmagan. Örmonlar mislsiz ravişda kesilgan, yer osti boyliklari juda isrofgarçilik bilan qazib olingan.
Birgina misol, sovet davrida Muruntov konida tarkibida oltin bor rudalar qazib olinar ekan, uning tarkibi tekşirib turilgan. Mabodo ruda tarkibida tilla miqdori juda yuqori bölsa, u qayta işlaşgan. Tilla miqdori biroz kam bölsa rudani Qizilqum çöllariga olib çiqib taşlaşgan. (Keyinçalik bu rudalar qayta işlangan va undagi oltin ajratib olingan)
Boşqa foydali qazilmalarga ham munosabat şu tarzda bölgan. Sovetlar Özbekiston zaminidan çiqayotgan boyliklarni tezroq va köproq qazib oliş payida bölişgan.
1950-yillarning ikkinçi yarmidan boşlab Özbekistondan yirik gaz konlari topilgan. Sovetlar öşa paytda oçilgan konlarni eplab özlaştiriş örniga oçközlik bilan yangidan yangi konlarni qidirişda davom etişgan.
Aniqlangan konlarda nimadir muammo çiqsa ular yoqib yuborilgan yoki şunçaki taşlab ketilgan va tabiiy gaz havoga çiqib ketgan. Şunda bir tomondan milliardlab kubometr tozalanmagan gaz isrof bölgan, ikkinçi tomondan atmosferani ifloslagan.
1961 yilda Buxoro şahri yaqinida topilgan Örtabuloq gaz koni bilan ham şunday bölgan. Gaz konini burğilaş paytida xatoga yöl qöyişadi. Oqibatda juda katta bosim bölgan quduqda yonğin yuzaga keladi.
Şundan söng harçand urinib yonğinni öçira olişmaydi va u qariyb uç yil davomida yonib turadi. Oxir-oqibat quduq yaqinida yadro bombasini portlatişadi. Natijada hosil bölgan qumli tölqin va yer jinslari quduqdan çiqib ketayotgan gazni töxtatib, olovni öçiradi.
Öşanda yadro bombasi portlatişdan avval odamlar ogohlantirilmaydi, yaşaş joyidan köçirilmaydi. Portlaşning salbiy oqibatlari inobatga olinmaydi.Portlaş haqida SSSR tarqab ketgunça heç kimga ma’lumot berilmaydi.
Örtabuloqdagi yonğin sodir bölgan joyning xaritada körinişi.
Hodisadan avval
1950-yillar boşida sovet geologlari Özbekiston hududida keng kölamda qazilma boyliklar joylaşgan konlarni qidirişni boşlab yuborişadi.
1956 yilda Buxoro viloyati Romitan tumanidagi hududdan juda katta gaz konlari topiladi. U yerda aniqlangan gaz zaxirasi 500 mlrd kub metr edi. Şundan söng konlar yaqinida Gazli posyolkasi quriladi va konni özlaştiriş işlari boşlab yuboriladi.
Mavzuga oid
Hududdagi eng yirik gaz konlaridan biri bölgan Örtabuloq ham öşa paytda, 1960-yillar boşida topilgan edi. Bu kon Buxorodan 90 kilometr janubroqda, Turkmaniston bilan çegara yaqinida joylaşgandi.
Hodisa
1961 yilda Örtabuloq gaz koni aniqlangandan köp ötmay bu yerda burğilaş işlari boşlab yuboriladi. 1963 yilda burğilaş işlari 2 400 metrga yetganda tarkibida oltingugurt miqdori juda yuqori bölgan gaz zaxirasiga duç kelinadi.
Öşanda kondagi burğilaş uskunalari yetib borgan joyda bosim 300 atmosfera atrofida böladi (boşqa manbalarda bosim 350 atmosferaga yetgani aytiladi).
Bunday paytlarda yuqori atmosfera bosimiga çidamli, maxsus pölatdan tayyorlangan burğilaş uskunasi işlatilişi kerak edi. Biroq işçilar xatolikka yöl qöyişadi va maxsus burğilaş uskunasidan foydalanişmaydi.
Oqibatda oddiy burğilaş uskunasi yuqori atmosfera bosimiga bardoş berolmaydi. 1963 yil 1 dekabr kuni burğilaş uskunasi uzilib tuşib, erib ketadi va quduqda yonğin yuz beradi. Kuçli olov tölqini burğilaş uskunasining yer sathida turgan qismi va uni uşlab turgan metall konstruksiyani uzib yuboradi.
Kondagi bosim kuçliligi sababli olovning balandligi 120 metrga yetadi. Şundan söng yonğinni öçirişga urinib körişadi. Hodisa yuz bergan joyga eng avval öt öçiruvçilar va buldozer, ekskavator kabi maxsus texnikalar keltiriladi.
Biroq kuçli olov tufayli 200-250 metr masofada havo harorati juda baland böladi va quduq yaqiniga na maxsus texnikalar, na öt öçiriş maşinalari yaqinlaşa olmaydi.
Olovga suv yoki köpik sepişning, şuningdek, maxsus texnikalar yordamida yer jinsini surib borişning iloji yöqligi ayonlaşgaç boşqaça yöl tutişga qaror qilişadi.
Avvaliga artilleriya qurollari yordamida gazni muzlatadigan moddalar solingan öq bilan quduqni möljalga olib öq otişadi. Biroq olov kuçliligi va bosim yuqoriligi sababli bu usul bilan ham yonğinni öçirib bölmaydi.
Köp ötmay yonayotgan kon yaqinida boşqa quduq qazib, undan suv haydab körmoqçi bölişadi. Biroq bu iş bilan ham yonğinni öçirişning iloji yöqligi ma’lum böladi. Şundan söng yonib turgan kon öz holiga taşlab qöyiladi.
Öşanda har kuni sutka davomida 10-12 million kubometr, geolog-qidiruv boşqarmasi boşliği A.Puçkovga köra 18-20 million kubometr gaz yonib ketaveradi.
Turli manbalarda ta’kidlaşiça, Örtabuloq konida bir sutkada yonib ketayotgan gaz Leningrad şahri aholisining bir sutka mobaynida sarflaydigan gaz miqdoriga teng edi.
120 metr balandlikdagi kuçli olov maş’alasi juda uzoqdan körinib turardi. Öşa paytda Janubiy-Şarqiy Osiyo va Hindiston va Pokistondan SSSRga va boşqa Yevropa davlatlariga uçadigan samolyotlar aynan Örtabuloqdagi hodisa tufayli boşqa joy orqali uça boşlaşadi. Çunki istalgan vaqtda konda kuçli portlaş sodir bölişi mumkin edi.
Öşa paytda quduq atrofida tozalanmagan gazning yonişidan havo juda ifloslanadi. Bundan taşqari, atrof kuyindi hidiga tölib ketadi. Bunga sabab tunda juda köp haşarotlar va quşlar özini olovdan çiqayotgan yoruğlikka uradi va issiqda kuyib, oyoq ostiga qulab tuşaveradi.
1964 yil yanvar oyida quduq oğzini tozalaş va undan çiquvçi gazning bir qismini töxtatiş uçun harakat qilib körişadi. Biroq bu iş ham muvaffaqiyatsizlikka uçraydi.
Köp ötmay kon atrofidagi issiqlikdan himoyalaniş uçun buldozerlar yordamida qum tepaliklari barpo etiladi. Şu tariqa quduq ming kundan oşiqroq vaqt mobaynida töxtovsiz yonadi va yarim milliard kubometrdan oşiqroq gaz isrof böladi.
Quduqdagi olovni uç yil davomida öçirişning iloji bölmagaç, 1966 yilda uning yaqinida yadro bombasini portlatişga qaror qilişadi. Şu yöl bilan quduqning tepa qismini yer jinslari ostida qoldiriş va olovni öçiriş reja qilinadi.
Biroq bu iş juda tahlikali edi. Çunki yadro bombasi portlatilişi reja qilingan joy yaqinida yana bir qança konlar bor edi. Şuningdek atrofda Turkmanobod, Kogon, Qoraköl, Qorovulbozor kabi şaharlar joylaşgandi. Qolaversa, Buxoro şahri ham Örtabuloqdan uzoq emas, bor-yöği 90 kilometr masofada edi.
Gaz konlarini burğulaş
Portlatişga tayyorgarlik
1966 yil bahorida quduqdagi olovni öçiriş böyiça taklif hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Şundan söng yadro bombasini tayyorlaş Rossiya federal yadro markazi zimmasiga yuklatiladi. Markaz allaqaçon sanoat miqyosida yadro bombasini işlab çiqargan va 1965 yilda Qozoğistondagi Semipalatinsk poligonida muvaffaqiyatli sinovni amalga oşirgan edi.
Örtabuloqda yadro bombasini portlatiş işlariga umumiy rahbarlik neft va gaz konlari böyiça tajribali mutaxassis Komil Manguşevga topşiriladi.
Unga maslahatçi sifatida Rossiya Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik M.Keldiş, akademik M.Millionşçikov va Yer fizikasi instituti direktori akademik M.Sadovskiy jalb etiladi.
Uç akademik iştirokida ötkazilgan yiğilişda ular termoyadro bombasini portlatiş bilan olovni öçiriş va quduqdan çiqayotgan gazni blokirovka qiliş mumkinligini tasdiqlaşadi.
Keyinçalik Komil Manguşev öz xotiralarida avariya sodir bölgan joyga birinçi marta borganini şunday tasvirlagandi:
«Vertolyot yerga qönganda tebraniş kuçaydi. Dvigatel şovqini hodisa joyidagi şovqin tufayli bilinmay qolgani menda ğalati hislarni uyğotdi. Quduqda yonayotgan gazning şovqini yuzlab reaktiv dvigatellarning ovozidan ham balandroq edi. Vertolyot qöngan joydan quduqqaça 600 metr edi. Atrofga yonayotgan gazning tutuni tarqab, xiraroq tuman körinişida edi. Maş’alning yuqori qismi tuman orasida çayqalib turardi. Tepadan qaraganda kuldonga öxşagan narsa qişda buldozerlar quduqning atrofiga jamlab qöygan qum tepalari ekan. Atrofda yonişi mumkin bölgan hamma narsa allaqaçon kuyib bitgan. Atrofdagi qum aralaş tuproq qizib ketgan, u yerda hayot tugagan edi. Quduqdan kökka örlayotgan olov şu’lasi tunda turli haşarotlarni öziga jalb qilardi. Ular özini yoruğlikka urar va jizğanak bölib kuyib tuşardi. Şu sababli oyoq osti turli quşlarning suyaklariga tölib ketgandi».
Favqulodda vaziyatdan tezroq çiqiş uçun yadro bombasini portlatişni tezroq amalga oşiriş lozim edi. Olov qançalik tez öçirilsa, bekorga yonib isrof bölib ketayotgan gaz tezroq jilovlanardi.
Işlar tiğiz bölganiga qaramay, geologik tayyorgarlik işlari puxta olib boriladi. Komissiya a’zolari havo harorati +40... +50 daraja issiq bölgan paytda quduq oldiga bir neça marta kelib ketişadi.
Burğilaş uskunalari Moskva viloyatidagi maxsus poligonda sinovdan ötkaziladi. Uşbu sinovlarda konning burçagi, yadro zaryadlari qöyiladigan çuqurlik va qurilmalarning konstruktiv xususiyatlari aniqlanadi.
Yadro bombasi Rossiya federal yadro markazining tajribali yadro fiziklari Vladimir Lebedev va V.A.Razuvayevlar rahbarligida tayyorlanadi.
Uşbu yadro bombasining öziga xos xususiyati uning «toza portlaşi»da edi. Ya’ni yadro bombasi portlaganda uning tarkibidagi yadroçalar kamroq bölaklarga bölinardi. Asosiy energiya termoyadroviy sintez tufayli ajralib çiqişi kerak edi.
Özbekistonda gaz konida burğulaş işlarini olib boriş. 1960-70 yillar.
Portlaş
Portlatiş işlariga E.Slavskiy boşçiligida maxsus tuzilgan komissiya javobgar edi. Portlaş sanasi töğrisidagi qarorni şaxsan SSSR rahbari Leonid Brejnevning özi KPSS markaziy qömitasi siyosiy byurosi yiğilişida tasdiqlab beradi.
Örtabuloqda yadro bombasini portlatişga tayyorgarlik köriş işlari tört oy davom etadi. Eng avval kon yaqinida 1500 metr çuqurlikdagi quduq burğilanadi.
Quduq tayyor bölgaç unga yadro bombasi tuşiriladi. Bunday çuqurlikda harorat juda yuqori bölib, portlaş nuqtasiga tuşirilgan yadro bombasi qöşimça ravişda sovitilib turiladi.
1966 yil 30 sentabr kuni ertalab Örtabuloq koni yaqiniga kömilgan yadro bombasi portlatiladi. Natijada öz örnidan siljigan yer jinslari gaz quduğini siqib, uning ustini yopib qöyadi. Portlaşdan 22-23 soniya ötgaç olov öçadi.
Örtabuloqda portlatilgan yadro bombasining quvvati 30 kilotonnaga teng bölib, u Xirosimaga taşlangan bombadan ikki barobar kuçli edi. U yer yuzasidan 1500 metr çuqurlikda portlatilgani uçun yer yuzasidagi salbiy asoratlari kamroq böladi.
Portlaşdan söng
Portlaşdan söng Örtabuloq koni atrofida yer jinslari köçib, hudud juda ham tartibsiz körinişga kelib qoladi. Şundan söng bu yerga juda köplab maxsus texnikalar olib kelinadi va yer tekislab çiqiladi. Söng konni özlaştiriş işlari boşlab yuboriladi.
Portlaşdan söng uning asoratlari bartaraf qilinmoqda.
Örtabuloqdagi yonğin muvaffaqiyatli öçirilgani uçun köp ötmay Komil Manguşev va uning jamoasiga SSSR davlat mukofoti beriladi.
Buxoro yaqinidagi konda yonib turgan quduq yadro bombasi yordamida öçirilgaç sovetlar keyinçalik bu tajribadan bir neçta gaz konlarida foydalanişadi.
Jumladan, yadro bombalari yana uç marta gaz quduqlarini jilovlaşda işlatilgan:
1968 yil 21 may kuni Qaşqadaryo viloyatida joylaşgan «Pomuq» konida;
1972 yil 11 aprel kuni Turkmanistonning Mari viloyatida joylaşgan «Krater» konida;
1972 yil 9 iyul kuni Ukrainaning Xarkov viloyatida joylaşgan «Fakel» konida. (Şu konda maqsadga erişilmagan va konni keyinroq boşqaça uslubda jilovlaşgan)
1974 yilda gaz konlaridagi olovni öçiriş uçun amaliy yeçimlarni qöllaş natijalari haqida kitob naşr etiladi. Uning mualliflari öşa paytda SSSR Geologiya vazirining örinbosari bölgan V.Igrevskiy va Örtabuloqdagi konni jilovlaşda mas’ul bölgan Komil Manguşev edi.