Ispaniyaning Barselona şahri ma'muriyati argentinalik futbolçi Lionel Messiga tegişli mehmonxonani buzib taşlaşga qaror qildi. Futbolçi uşbu mehmonxonani sotib olişga 30 mln yevro sarflagan.
El Confidencial naşrining xabar berişiça, 77 xonali binoni şahar quriliş me'yorlariga töğri kelmasligi sababli buzib taşlaşga qaror qilingan. Bino futbolçining sobiq klubi “Barselona”ning uy maydoni “Kamp Nou” yaqinida joylaşgan.
Futbolçi Ibitsa va Mayorka orollarida ham mehmonxonalarga ega bölib, ular Majestic Hotel Group tarmoğiga birlaştirilgan. Messi Barselonadagi qarorgohni sotib oliş uçun 2017 yilda 30 mln yevro sarflagan.
Ta'kidlanişiça, futbolçi binoni şahar ma'muriyati uni quriliş me'yorlariga töğri kelmasligi sababli buzib taşlamoqçiligidan bexabar holda sotib olgan.
Avvalroq, 29 noyabrda Messi öz faoliyatidagi yettinçi “Oltin töp”ni qölga kiritdi.












