Çexiya şimoli-şarqida Krkonoşe toğiga örmonni kesib ötiş orqali bormoqçi bölgan turistlar toş devor orasidan çiqib turgan alyuminiy qutini topib oldi. CNN’ning yozişiça, uning içidan 10 ta tilla bilaguzuk, 17 ta porsigar, upadon, taroq va 598 ta tanga çiqqan.

Turistlar topilmani Çexiya Şarqiy muzeyiga topşirgan. Arxeologlar xazinani örganib, u topilgan hududni tadqiq etişga qaror qilgan.

Olimlar hozirça uşbu buyumlarni kim va nima uçun yaşirganini aniqlagani yöq. Ammo ta’kidlanişiça, xazinaning yoşi 100 dan oşmaydi, çunki tangalardan biriga 1921 yil sanasi tuşirilgan. Arxeologlarning taxminiça, tilla buyumlar Ikkinçi jahon uruşi boşlanişidan oldin toğli hududda qoldirib ketilgan bölişi mumkin.

Topilgan buyumlar qiymati hozirça noma’lum. Qutidagi tangalarning oğirligining özi 3,7 kilogrammni taşkil etadi, ularning qiymati esa 360 ming dollarga baholanmoqda. Şu bilan birga, ular orasida mahalliy pullar yöq, hammasi bolqon va fransuzlarniki. Ikkita porsigar qattiq yopilgan, şu bois uning içida yana nimadir bölişi mumkinligi aytilmoqda.

Muzeydagilar uşbu xazina juda noodatiy ekaniga e’tibor qaratgan. Olimlar barça metall buyumlar tarkibini aniqlaşi va ularning qiymatini baholaşi uçun qöşimça tadqiqotlar ötkazişi zarur.