Çökib ketgan yelkanli kema qoldirlarini örgangan arxeologlar bu Portugaliyaning Nossa Senhora do Cabo kemasi ekanini aniqladi, deb yozmoqda LiveScience.
Ma’lumotlarga köra, 1721 yil boşida kema Portugaliyaning Goa koloniyasidan çiqqan va Lissabonga yöl olgan. Kema bortida öz davrining misli körilmagan xazinasi — oltin yombilar va marvaridga töla sandiqlar bölgan.
Kemadagi yukning umumiy qiymati hozirgi davr hisobida 138 million dollardan oşadi. Ammo harakat vaqtida kema kuçli pörtanaga duç kelgan, keyinroq esa qaroqçilar hujumiga uçragan. Ular Nossa Senhora do Cabo’ni egallagan va xazinaning barçasi Sent-Mari oroliga köçirilgan.

Amerikaning Tarixiy kemalar halokatlarini örganiş markazi tadqiqotçilari 16 yil davomida kema qoldiqlarini örgangan. Arxeolog Mark Agostinning sözlariga köra, suv ostidan 3,3 mingdan ortiq buyum çiqarib olingan. Kema konstruksiyasi, tarixiy yozuvlar va topilmalar tahlili mutaxassislar aynan Nossa Senhora do Cabo’ni topganini tasdiqlagan.

















