Jahon | 14:42 / 06.12.2021
5654
2 daqiqa o‘qiladi

Pandemiya davrida dunyoda qurol-yarog‘ savdosi oshdi

Qurol ishlab chiqaruvchi top-100 kompaniya 531 mlrd dollar foyda ko‘rgan.

Foto: Anadolu Agency

O‘tgan yili koronavirus pandemiyasi qurol-yarog‘ savdosiga xalaqit bera olmadi – ko‘rsatkich 1,3 foizga oshgan, deb ma'lum qildi Stokholm tinchlik muammolarini o‘rganish instituti (SIPRI).

Qayd etilishicha, aksariyat mamlakatlarda harbiy xarajatlar o‘sgan. 

Qurol ishlab chiqarish sohasidagi 100ta yirik kompaniya o‘tgan yili 531 milliard dollar foyda ko‘rgan.

Eng ko‘p qurol yetkazib beruvchi davlat AQSh bo‘lib turibdi. Mamlakatdagi 41 kompaniya 285 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ sotgan. Global qurol savdosida ularning ulushi 54 foizni tashkil etdi.

Ikkinchi o‘rinni Xitoy kompaniyalari egalladi. Xitoyning beshta kompaniyasi 66,8 mlrd dollarlik qurol sotgan bo‘lib, mamlakat kompaniyalarining jahon bozoridagi ulushi 13 foizga teng bo‘ldi. 

Yirik kompaniyalarning qurol savdosidagi ulushining 21 foizi Yevropaga to‘g‘ri keladi (109 mlrd dollar).

Top-100 reytingidan o‘rin olgan Rossiya kompaniyalari o‘tgan yili 28,2 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ sotgan.