Bokuda ötayotgan Turkiy kengaş sammiti doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasining Birinçi Prezidenti - Elboşi Nursulton Nazarboyev bilan uçraşdi.

Davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboyevni Turkiy kengaşning faxrli raisi etib saylangani hamda Turkiy dunyoning oliy ordeniga sazovor bölgani bilan tabrikladi.

Qozoğistonning Birinçi Prezidenti Kengaşga asos solinişi va uning rivojlanişiga, taşkilot doirasida özaro manfaatli hamkorlikning kengayişiga katta hissa qöşgani alohida ta'kidlandi.

Elboşi Nursulton Nazarboyev, öz navbatida, Özbekistonning Turkiy kengaşga qöşilişi uşbu tuzilmaning xalqaro nufuzini va hamkorlik samaradorligini oşirişga xizmat qilişini qayd etdi.

Uçraşuvda ikki tomonlama munosabatlarga oid, şuningdek, global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.