AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken tört yilga qamalgan Myanma sobiq davlat maslahatçisi Aun San Su Çjiga çiqarilgan hukmni adolatsiz deb atadi va mamlakat hukumatini uni ozodlikka çiqarişga çaqirdi. Uning bu boradagi bayonoti Davlat departamenti saytida e'lon qilindi.
«Aun San Su Çjiga çiqarilgan adolatsiz hukm va hokimiyatning demokratik tarzda saylangan boşqa vakillariga nisbatan qatağonlar – Myanmadagi demokratiya va adolatga nisbatan yana bir çaqiruv. Biz Aun San Su Çji va nohaq qölga olingan barçani ozodlikka çiqarişga çaqiramiz», — deyiladi Blinkenning bayonotida.
Vaşington Myanma hukumatini mamlakatdagi vaziyatni «tinç yöl bilan hal qiliş uçun barça manfaatdor tomonlar bilan konstruktiv muloqotga» çaqirgan.
Avvalroq Myanma sobiq davlat maslahatçisi Aun San Su Çji armiya içida qarama-qarşiliklar keltirib çiqargani va koronavirus bilan boğliq çeklov qoidalarini buzgani uçun tört yilga ozodlikdan mahrum etilgani xabar qilingandi.
76 yoşli siyosatçiga nisbatan umumiy hisobda 10ta jinoiy ayblov, jumladan davlat sirlarini oşkor qilmaslik qonunini buziş ayblovi bildirilgan. Ayblovlarning aksariyati korrupsiya bilan boğliq.
Aun San Su Çji davlat maslahatçisi sifatida mamlakatni boşqarib kelgan. U parlament saylovlari natijalarini soxtalaştiriş ayblovi bilan 1 fevraldagi davlat töntaruvi davomida harbiylar tomonidan hokimiyatdan çetlatilgandi.
Aun San Su Çjiga 1991 yilda Nobel tinçlik mukofoti berilgan.
Kanada parlamenti 2018 yilda Myanmadagi rohingya musulmonlariga qarşi sodir etilgan qirğinda iştirok etgani sababli Aun San Su Çjini Kanada faxriy fuqarosi maqomidan mahrum qilgan.











