Ötgan haftada AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli harbiy amaliyot boşlaşga tayyorgarlik körayotgani böyiça dalillar borligi haqida ma’lum qilgandi.

«Biz bilmaymiz - prezident Putin bostirib kirişga qaror qiladimi, yöqmi. Lekin bilamizki, agar şunday qaror qabul qilinsa, u buni qisqa muddatda amalga oşirişni ta’minlaydi. Şuning uçun, niyatlar va muddatlar noaniqligiga qaramay, biz barça kutilmagan holatlarga tayyor bölişimiz, şu bilan birga, Rossiyani kursni özgartirişga köndiriş ustida iş olib borişimiz kerak», degan Blinken NATO davlatlari vakillari bilan uçraşuv çoğida.

Rossiya esa doimiy ravişda şunday rejalari borligi haqidagi xabarlarni rad etib kelmoqda va Ukrainaning özini çegaradagi harbiylari sonini oşirişda ayblamoqda.

Şanba kuni keçqurun e’lon qilingan bayonotda Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki Bayden bölajak muloqot davomida «AQŞ Rossiyaning Ukraina bilan çegaradagi faollaşuvidan taşvişdaligi va AQŞ Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlaşini yana bir bor tasdiqlaşi» haqida aytgan.

Oq uy bayonotiga köra, ikki yetakçining muloqotida strategik barqarorlik, kiberxavfsizlik va mintaqaviy masalalar ham körib çiqilişi rejalaştirilgan.

Ukraina hukumati Rossiya ğarbiy çegaralariga 94 mingdan ortiq harbiy xizmatçi joylaştirgani, şuningdek, zirhli texnikalari va radioelektron qurilmalarini çegara tomonga yönaltirganini tasdiqlamoqda.

Bu rossiyalik harbiylar çegarada 2014 yilda Qrim bosib olingan davrdan keyingi eng yirik töplanişidir.

Rossiya qöşinlari Ukraina çegarasida töplanişi bilan boğliq holat şu yil bahorida ham kuzatilgandi. Putin va Baydenning iyun oyida Jyenevada uçraşişi böyiça kelişuvga erişilgaç, rossiyalik harbiylarning katta qismi çegara hududlaridan olib ketilgandi.

Qator ekspertlar fikriça, Ukraina çegaralari yaqinida harbiy keskinlik yuzaga keltiriş orqali Kreml ikki yetakçining muloqoti arafasida Amerika administratsiyasini Minsk kelişuvlari bajarilişi böyiça Ukrainaga bosim ötkazişga köndirişni maqsad qilgan.

Hujum yanvar oyi oxirigami?
Şu kunlarda Associated Press agentligi Amerika razvedkasi ma’lumotlaridan xabardor bölgan Bayden administratsiyasidagi manbasiga tayangan holda, rossiyaliklarning Ukrainaga bostirib kirişi 2022 yil boşida röy berişi kutilayotgani haqida xabar qildi. Agentlik ma’lumotiga köra, bu amaliyot uçun 175 ming harbiy xizmatçi jalb etilişi rejalaştirilgan va ularning qariyb yarmi çegara böylab joylaştirib çiqilgan.

Bu kuzda Rossiya bosib olingan Qrimda keng kölamli harbiy öquv maşğulotlari ötkazdi, unda sohilga dengizdan desant tuşiriş amaliyoti ham maşq qilindi. Foto: SERGEI MALGAVKO/TASS

Agentlik manbasi ma’lumotiga köra, rejalar zirhli texnika, artilleriya va boşqa qurilmalarni öz içiga olgan 100ta batalonni köçirişni közda tutadi.

Öz navbatida, Washington Post gazetasi göyoki Amerika administratsiyasidagi manba tomonidan taqdim etilgan razvedka xaritasini e’lon qildi, unda Ukraina bilan çegara yaqiniga yangi olib kelingan tank bölinmalari va artilleriya qismlari joylaşuvi aks etadi.

Bu xaritaga köra Ukraina çegaralari yaqinida 70 ming atrofida harbiy joylaşgan, ya’ni şu vaqtgaça Ukraina mudofaa vazirligi aytib kelayotgan raqamlardagidan kamroq.

Washington Post qölga kiritgan xaritada Ukraina çegaralari yaqinida taxminan 70 ming rossiyalik harbiy joylaşgani körsatilgan.
Foto: WASHINGTON POST

Avvalroq Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov razvedka ma’lumotlariga tayangan holda Rossiya yanvar oyi oxirida hujum boşlaşni rejalaştirayotgani haqida aytgandi.

«Rossiya yil mobaynida öziga xos «tölqin» taktikasini qöllab keldi. Ukraina çegaralaridan uzoq bölmagan hududlarda qöşinlarini töpladi. Keyin şaxsiy tarkib doimiy dislokatsiya joyiga qaytdi, texnika esa olib ketilmadi. Bu duşmanga köçiş uçun ketadigan vaqtni qisqartirişga yordam beradi», degan Reznikov.

Rossiya harbiylarining çegara tomon surilişi AQŞ va Rossiyaning şusiz ham iliq bölmagan munosabatlarini yanada keskinlaştirdi.

Juma kuni Bayden Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini qiyinlaştirişga qaratilgan keng qamrovli taşabbuslarni tayyorlaşga va’da qildi.

«Men odamlar Putin qilişi mumkinligidan xavfsirayotgan işni amalga oşirişni juda qiyinlaştiradigan taşabbuslar töplamini jamlayapman. Hozirda bu işlab çiqiş jarayonida», - degan Bayden aynan nimani nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmasdan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning amerikalik hamkasbi şu vaqtgaça faqat bir marta, şu yil iyunida Jyeneva şahrida yuzma-yuz muloqot ötkazgandi.

AQŞ va yevropalik ittifoqçilar agar tajovuzkor harakatlar sodir etsa, Rossiyaga qarşi sanksiyalar qöllaş imkoniyatini muhokama qilgan.

Ukraina NATO a’zosi bölmasa-da, bu davlat blok bilan yaqin aloqalarga ega va Ğarbdan qurollar, şu jumladan amerikaliklarning tankka qarşi qöllanadigan Javelin rusumli raketalarini oladi.

AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostinning ma’lum qilişiça, Qöşma Ştatlar Ukrainani öz hududi himoyasi uçun zarur böladigan barça vositalar bilan ta’minlaşga tayyor.

Şanba kuni keçqurun Ronald Reygan fondida ötkazilgan konferensiyada çiqiş qilgan Pentagon rahbari Rossiya qöşinlari Ukraina çegarasida töplanayotgani haqidagi ma’lumotlardan yana bir bor xavotir bildirdi.

Rossiya rasmiylari nima demoqda?

Pravoslav pop Sevastopolga harbiy xizmat uçun çaqirilganlarga oq yöl tilamoqda. Rossiyada 31 dekabrga qadar davom etadigan kuzgi çaqiriqda armiyaga 125 ming yangi askarni yollaş rejalaştirilgan. Foto: SERGEI MALGAVKO/TASS

Rossiya hukumati bostirib kiriş rejasi haqidagi xabarlarni rad etadi va harbiylar çegara atrofiga öquv maşğulotlari uçun olib kelinganini aytadi.

«Biz öz hududimizda harbiylarni harakatlantiriş huquqiga egamiz, ammo qandaydir keskinlaşuv haqida gap yöq», degan juma kuni Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov.

Bundan taşqari, Rossiya Ukraina hukumatini eskalatsiya yuzaga keltirişda urinişda, NATOni esa - Qrim yaqinida, Qora dengiz hududida rejadan taşqari öquv maşğulotlari ötkaziş orqali  provokatsiya qilişda ayblaydi.

«Ukraina qutqulanmoqda, bu esa Kiyevda Minsk kelişuvlarini sabotaj qiliş kayfiyatini uyğotib, mojaroni harbiy yöl bilan hal etiş illyuziyasini oziqlantiradi», degan Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov payşanba kuni Blinken bilan uçraşuvda.

Rossiya TIV Ukraina umumiy çegara tomonga 125 ming harbiy xizmatçi yuborganini iddao qilgan.

Ukraina mudofaa vaziri Reznikovning sözlariga köra, ukrain harbiylari vaziyatni çigallaştirişga qaratilgan heç qanday harakat qilmaydi, ammo ehtimoliy hujumni qaytariş uçun doim şay turadi.

«Eskalatsiya - bu ehtimoliy ssenariy, ammo muqarrar emas va bizning vazifamiz uning oldini oliş. Biz şunday yöl tutişimiz kerakki, eskalatsiya bahosi tajovuzkor tomon uçun qimmatga tuşsin», deya Reznikovning sözlarini keltiradi Reuters.