Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQŞ prezidenti Jo Baydenning videomuloqoti ikki soatdan sal ortiqroq davom etdi, deb xabar berdi RBK.

Muloqot himoyalangan videoaloqa kanali orqali yopiq rejimda ötkazildi. 

Bayden suhbat avvalida Putin bilan Rimdagi G20 sammitida uçraşa olmaganidan afsusdaligini bildirdi va «yigirmatalik»ning kelgusi sammitida yuzma-yuz uçraşişga umid bildirdi.

Özaro muloqotning boşqa tafsilotlari hozirça ma'lum qilinmadi.

Avvalroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Bayden «inqirozli mavzular»ni muhokama qilişini aytgandi. 

Öz navbatida, Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki prezidentlar ikki tomonlama munosabatlar hamda mintaqaviy muammolar böyiça suhbatlaşişini ma'lum qilgan.