Esdalik nişoni bilan mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlaş va Qurolli Kuçlarni barpo etişga salmoqli hissa qöşgan şaxslar, yuqori professional mahorati, harbiy-vatanparvarlik burçiga sadoqatini namoyon etgan harbiy xizmatçilar, jumladan, respublika mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qiliş böyiça jangovar harakatlarda iştirok etgan, zaxiraga böşatilgan yoki iste'foga çiqarilgan harbiylar, şuningdek, harbiy hamda xizmat burçini bajarişda halok bölgan yoxud yarador bölgan va şikastlangan Qurolli Kuçlarning harbiy xizmatçilari taqdirlanadi.

Esdalik nişoni prezident - Qurolli Kuçlar oliy boş qömondoni nomidan qöşilma komandiri va undan yuqori lavozimdagi şaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topşiriladi.

Mukofotlanganlarga esdalik nişoni bilan birga guvohnoma beriladi. Esdalik nişoni mukofotlanganlarga kuç işlatuvçi tuzilmalar vazirlik va idoralari rahbarlarining buyruqlariga asosan topşiriladi.