Qarşining «Nasaf» klubi boş murabbiyi Röziqul Berdiyevga Qarşi davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi. Bu haqda Qarşi davlat universiteti xabar bermoqda.

Qarşi davlat universitetida ötkazilgan tadbirda oliygoh rektori Dilmurod Nabiyev «Nasaf» ustoziga faxriy professor unvoni berilişi töğrisida qarorni öqib eşittirgan va maxsus unvon hujjatini topşirgan.

«Sizning tajribangiz biz uçun muhim», degan sobiq sport vaziri Nabiyev.

Röziqul Berdiyev 2008 yildan buyon «Nasaf»da murabbiy bölib işlab keladi. 4 dekabr kuni «Nasaf» Berdiyev bilan öz tarixida ikkinçi marta Özbekiston Kubogini qölga kiritdi. Berdiyev 4 marta Özbekistonda yilning eng yaxşi murabbiyi deb topilgan.