«Tinç zamonda bolalarni yöqotyapmiz» - Piyodalar yölagida 14 yoşli bolani maşina urib ketişi yöllardagi muammoni kun tartibiga qaytardi
|01:58 / 08.12.202114 98310 min
Ikki yilda ikki jiyani YTHga uçragan jurnalistning posti ortidan internetda bolalar iştirokidagi avariyalar kun mavzusiga aylandi.
Jurnalist Saidnosir Usmonov Facebook’dagi sahifasida ötgan yili 11 yaşar jiyani YTH qurboni bölgani, joriy yil 3 dekabr kuni piyodalar ötiş joyidan yölni kesib ötayotgan 14 yaşar jiyanini maşina urib yuborgani uçun 4 kundan beri komada yotgani haqida yozdi. Uşbu post ijtimoiy tarmoqda muhokamalarga sabab böldi va bolalar iştirokidagi yöl-transport hodisalari yana kun mavzusiga aylandi.
«Qaçon uyğonamiz?!»
«…Xizmat safaridan qaytdim. Ming bir alam va şum xabar iskanjasidaman. Bundan bir yil avval opamning 11 yoşli öğli YTH qurboni bölgan edi. Endi singlimning 14 yoşli öğli yöl-transport hodisasiga uçrab, kasalxonada koma holatida yotibdi.
3 dekabr kuni taxminan soat 18:30da «Malika» savdo majmuasi yonida «Neksiya» avtomobili piyodalar yaşil çiroğida ötib ketayotgan bolani urib yuborgan. Aytilişiça, şu yölda bölgan tez tibbiy yordam maşinasi bolani 7-şahar klinik şifoxonasiga olib borgan. Ahvoli oğirlaşgaç, bola Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga ötkazilgan.
Ertalabgaça singlim bilan kuyovimning bormagan joyi qolmagan. IIB xodimlari kasalxonada bola avariyasi bilan boğliq YTH sodir bölmaganini ma’lum qilişgan. Faqat jiyanimning sumkasidagi daftarda yozilgan maktab raqami va ism-familiyasini hamşiralar telegram kanallariga tarqatibgina singlimni xabardor qilişgan.
Erta tongdan karaxt holatda singlim kasalxonaga borgan va ne köz bilan körsinki, jigargöşasi oğir ahvolda jonlantiriş bölimida yotibdi. Qançalar alamli iztirob...
Har kuni önlab piyodalar, murğak qalb egalari maşina ğildiraklari ostida qolib ketmoqda. Yöllardagi tartibsizlik, bilib-bilmasdan maşina haydayotganlar kasriga kimdir yaqinidan, jigargöşasidan ayrilmoqda va bu holatlar yuzlab odamlarning umrbod majruh bölib qolişiga sabab bölmoqda.
QAÇON? QAÇON? QAÇON UYĞONAMIZ? Qaçon xayrixohlik nima ekanligini örganamiz? Qaçon 10 soat ötsa hamki, tezkorlik bilan YTH haqidagi holatga oydinlik kirita olmaydigan IIBning ayrim xodimlari faoliyatini önglay olamiz. Savollar köp. Javob esa mavhum. Haydovçi esa faqat özini oqlaş uçun turli vajlarni öylab topiş bilan ovora.... Ilohim jigarimning nuridiydasiga Alloh şifo bersin», deb yozgan Saidnosir Usmonov.
Tinç zamonda minglab odam va bolalarni yöqotyapmiz
»
Uşbu post internetda bolalar iştirokidagi yöl-transport hodisalari bilan boğliq muhokamalarni qayta jonlantirgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari va blogerlar vaziyat kundan kunga ayançli tus olayotganiga e’tibor qaratişgan.
«Xuddi şu hamkasbimizning boşqa jiyani ötgan yili yölda halok bölgani va aybdor topilmagani (çora körilmagani) haqida köp yozganman. Bir oilaning ikkita bolasi YTH qurboni. Bu axir dahşat-ku!
Tinç zamonda minglab odam, bolalarni yöqotyapmiz. Na profilaktika bor, na strategiya bor, na jinoyatga jazo bor! Yo Alloh, bolajonga şifo ber!» — deb yozgan Telegramdagi «Mikrofon kötargan ayol» kanali muallifi, jurnalist Aziza Qurbonova.
«Maktab va boğçalar oldida ruxsat etilgan tezlik me’yori 30-40 km bölişi kerak»
«Jamoat xavfsizligi konsepsiyasiga oid prezident farmoni bilan tasdiqlangan strategiyaga köra, maktabgaça ta’lim va umumta’lim muassasalariga yondoş yöllarda tezlik me’yorlarini keskin kamaytirgan holda, uşbu me’yorlar barça joylar uçun yagona etib qat’iy belgilanadi.
Bu juda töğri qaror. Maktab va boğçalar qayerda joylaşganidan qat’i nazar (u xoh markaziy köça böyida, xoh mahalla içida bölsin), tezlik me’yorini yoki 30, yoki 40 km/soat etib belgilaş kerak. Bundan norozi bölib, «voy-vuuuuy, nafas olişga ruxsat bormi özi» deb minğirlaydigan ayrim haydovçilarga esa e’tibor bermaslik kerak. Çunki inson hayoti, ayniqsa murğak bolalarimiz soğliği barça narsadan ustun. Toki özimizning boşimizga tuşişini kutib ötirişimiz şart emas. Yuqoridagi voqeada aytilganidek, farzand doğida kuygan yuzlab oilalarning dard-u fiğoni, köz yoşlari hammamizga saboq bölişi kerak.
Maktab va boğçalar oldida tezlikni şunçaki çeklaş bilan ham iş bitmaydi. Imkonini topib barça ta’lim muassasalari atrofiga kamera-radarlar qöyiş kerak. Davlat budjetidan bunça xarajat qiliş imkoni bölmasa, unda onlayn-auksionlarda öşa joylarni xususiy tadbirkorlarga sotiş kerak. Maktab va boğça atrofiga kamera örnatganlarga yana qanaqadir qöşimça imtiyoz va bonuslar beriş kerak. Toki tadbirkorlarda maktablar yoniga kamera qöyişga qiziqiş va motivatsiya bölişi kerak. Ya’ni oddiy yöllarga örnatiladigan kamera bilan maktab va boğçalar oldida örnatiladigan kameraning ustuvorligi farq qilişi kerak.
Bu işlarni köp çözib ötirmasdan qiliş kerak. Yana kimningdir farzandi yöllarda halok bölişini kutişga hojat yöq», deb yozgan huquqşunos va bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev.
«Usmon Şarifxöjayev [Xalq ta’limi vazirining birinçi örinbosari – tahr.] bilan yaqinda şu masala böyiça gaplaşgan edik. Bu muammoning oldini oliş uçun respublikadagi hamma (!) maktab darvozasining u yoğidan 50 metr, bu yoğidan 50 metr masofada yölda balandroq qilib moslama örnatiş kerak. Afsuski, bu Içki işlar vazirligi bilan kelişiladigan iş.
Şunda «maktab bormi — tösiq bor», degan tuşunçani haydovçilar miyasiga quyardik, xohlasa-xohlamasa tezligini pastlab ötardi.
Bir maktab bilan gaplaşdim, maktabi qandaydir kanal köprigidan ötilsa boşlanarkan, u tomondan keladigan maşinalar «Qatar rally»sida qatnaşayotgandek katta tezlikda kelib, 4 oyoği osmonda uçgandek köprikdan sakrab maktab oldidan ötib ketarkan. Bir yil içida bir, ikki bola vafot etavergan ekan avtohalokatdan...
Şunday tösiq qöygaç (haa, sekinlamaysan-a, sekinlamaysan), hammasi «jim» ötmoqda ekan, bir yildan buyon biror noxuşlik qayd etilmabdi maktab oldida, maktabdan taşqari yöllarda esa... Bilmadim, unga nima çora körsa böladi.
Heç bölmasa maktab oldida bolalarimizni hurmat qilib (aslida maşinasini avaylab sekin) ötadigan qilsak ham, şu iş bilan respublika miqyosida bir bolani avtohalokatdan asrasak ham katta iş bölar edi», deya yozgan XTV huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori örinbosari, bloger Isroil Tillaboyev.
10 oyda bolalar iştirokida 1268ta YTH sodir bölgan
Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasining ma’lum qilişiça, 2021 yilning 10 oyi mobaynida 7681ta YTH röy bergan. Ularda 1964 kişi hayotdan köz yumgan, 6886 kişi turli darajada tan jarohati olgan.
Biroq YHXBB «avariya» tufayli halok bölganlarning qançasi bolalar ekaniga oydinlik kiritmagan. Iyun oyida AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi boşliği örinbosari, polkovnik Erali Bozorov Özbekistonda 2021 yil yanvar–aprel oylarida YTHda halok bölgan bolalar soni 64,5 foizga oşganini aytgandi. Biroq u aniq raqamlarga töxtalmagan.
Qayd etilişiça, 3441ta YTH piyodalar iştirokida röy bergan, 1268ta hodisa bolalar iştirokida sodir bölgan. Avariyalarning katta qismi, ya’ni 5187tasi sutkaning yoruğ vaqtiga töğri kelgan. Tungi vaqtlarda 2497ta YTH röy bergan.
Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Xorij tajribasi
Yonsei universiteti falsafa doktori Şohrux Avazovning yozişiça, Janubiy Koreyada maktab zonalarida avtomobil va boşqa turdagi transport vositalarining harakat tezligi maksimum 30 km/s etib belgilangan, maktab zonalari va bolalar köp bölgan maxsus hududlarda yöl harakati qoidalari buzgan haydovçilar odatdagiga nisbatan 2 yoki 3 barobar köproq jarima tölaşadi.
«Koreyada bolalar orasida yöl-avtotransport hodisalari qurbonlarining kamayişi böyiça erişilgan yutuqlar haqida gapirganda, fuqarolik jamiyati institutlarining roli va samarali faoliyatini ham yodga oliş juda muhim», deya ta’kidlaydi tadqiqotçi.
Avvalroq Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi yiğilişida Özbekistondagi piyodalar ötiş joylari qoniqarsiz taşkil qilingani, respublikada haydovçilarni tayyorlaş va imtihon tizimi umuman izdan çiqib ketgani, köçalarimizda bir kun ham öqimasdan haydovçilik guvohnomasini olgan yuz minglab potensial qotillar yurgani tanqid qilingan edi.
Biroq hozirça bu tanqidlardan heç qanday natija bölgani yöq.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi