Joriy yilning 7 oktabr kuni FIFA Nizolarni hal etiş palatasi «Nasaf» futbol klubi va fransiyalik futbolçi Abdelaye Diakite örtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror çiqargan edi. Unda körsatilişiça, «Nasaf» futbolçi bilan tuzilgan şartnoma şartlarini bajarmagan.

Şu sababli futbolçi FIFAga murojaat qilgan va yakunda FIFA «Nasaf» futbol klubi zimmasiga belgilangan qarzdorlik va jarima tölovlarini 45 kun mobaynida tölaşi lozim ekani, agar mazkur majburiyatlar klub tomonidan öz vaqtida bajarilişi ta'minlanmasa, klubga nisbatan milliy va xalqaro miqyosda yangi futbolçilarni röyxatdan ötkaziş böyiça taqiq qöyilişi haqida ogohlantiriş bergan.

«Bugun, 9 dekabr kuni FIFA 45 kunlik muddat yakuniga yetganini inobatga olib, «Nasaf»ga transfer taqiqi qöydi. Endi klub qişki transfer oynasi vaqtida yangi futbolçilarni öz safiga qöşib oliş uçun, mazkur nizoli vaziyatni hal etişi lozim böladi», - deyiladi PFL xabarida.

Eslatib ötamiz, «Nasaf» Özbekiston kubogi finalida ğolib bölgaç, jamoa boş murabbiyi Röziqul Berdiyev 2022 yilgi OÇL bahslari oldidan jamoaning budjeti oşirilişi va klub transferlarga qöl urişi haqida aytgandi.

Foto: Nasaf FK

Ma'lumot uçun, fransiyalik futbolçi Abdelaye Diakite 2020 yilning 7 fevral kuni «Nasaf»ning Turkiyadagi yiğinida iştirok etib, Qarşi klubi bilan şartnoma imzolagan. Biroq klub köp ötmay 31 yoşli markaziy himoyaçi bilan kelişuvni bekor qilgan va Diakite rasmiy öyinda maydonga tuşmay, jamoani tark etgandi.