“Bola huquqlarining kafolatlarini ta'minlaş tizimi yanada takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Adliya vazirligi xabariga köra, kiritilgan özgartirişlar bilan 13 yoşga tölgan şaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilişi bekor qilindi. 

Ilgari 13 yoşga tölgan şaxslar javobgarlikni oğirlaştiradigan holatlarda qasddan odam öldirganliklari uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Şunga köra, jinoiy javobgarlikka tortiş 14 yoşdan boşlanadi.

16 yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş moddiy qimmatliklar beriş yoxud mulkiy manfaatdor etiş orqali sodir etilganda oğirlaştiruvçi holat sifatida belgilandi.

Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvçini söroq qilişda pedagog bilan bir qatorda psixolog ham qatnaşişi belgilandi.