Vadim Kojyenovning sözlariga köra, IT-karta işçilarning tuğilgan mamlakati tomonidan berilgan pasportlari örnini bosadi va şaxsni tasdiqlovçi hujjat böladi.
«U butun Rossiya böylab 10 yil amal qiladi, işlaş uçun patent esa berilgan hududga boğlanadi. 10 yildan keyin, karta egasida qonunbuzarliklar bölmasa, u muddatsiz bölib qoladi», - dedi Kojyenov.
Uning ma'lum qilişiça, iş beruvçilar va migrantlarning elektron reyestrlari tayyorlanmoqda. Ular xorijliklarning işga «raqamli» yollanişini tartibga soladi. Şu tariqa, Kojyenov migratsiya oqimi kamayişi haqidagi ma'lumotni bilvosita rad etdi.
Aksinça, Rossiya Içki işlar vazirligi ma'lumotlariga köra, 2021 yilda röyxatga olingan xorijliklar soni köpaygan. Agar 2020 yilda 8 million 327 ming 24 kişi röyxatga olingan bölsa, 2021 yilda bu körsatkiç 10 million 616 ming 980 kişigaça oşdi.
Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) ma'lumotlariga köra, 2021 yilda Rossiyada muhojirlar soni köpaydi, biroq ular yetkazib beriş va quriliş sohalarida yetişmayapti. YeIKning Moskva davlat universiteti sotsiologlari tadqiqotlariga tayangan holda ta'kidlaşiça, mahalliy işçilar migrantlarning 55 foizigaça bölgan qismi işlayotgan quriliş sohasidagina muhojirlar bilan raqobatlaşa oladi. Ammo uy-joy va kommunal sohada (migrantlarning 35 foizi) va qişloq xöjaligida (27 foiz) işçi kuçi tanqisligi saqlanib qoladi.
YeIK prognozi ham şunga boğliq: 2022 yildan boşlab xorijiy işçi kuçini «maqsadli» tarmoqlarga – uy-joy va kommunal xöjaligi, omborxonalar işi va qişloq xöjaligiga yönaltiriş rejalaştirilmoqda.
Uşbu faoliyat turlari uçun migrantning IT-kartani olişi osonroq böladi. Yangi tendensiyaning bilvosita daliliga Rossiya fuqaroligini olgan xorijliklar sonining oşgani aylandi - 2020 yildagi 504 ming 782 kişidan 2021 yildagi 609 ming 905 kişigaça.












