Samarqand şahrida joylaşgan çoyxonada taşkil etilgan qimorxona foş etilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 5 dekabr kuni DXX Samarqand viloyati boşqarmasi hamda Samarqand şahar IIO FMB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbir davomida Samarqand şahar Humo mahallasida joylaşgan çoyxonada 17 nafar fuqaro qimor öynayotgani aniqlangan.

Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, qimor öyinlari Humo mahallasida yaşovçi 1958 yilda tuğilgan X.O. tomonidan taşkil qilib kelingan.

Voqea joyini közdan keçiriş davomida öyinçilar tomonidan qimor uçun tikilgan jami 718 ming söm pullar, 100 dona karta kolodalari borligi aniqlangan.

Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.