Jamiyat | 15:10 / 09.02.2021
16674
2 daqiqa o‘qiladi

IIB va DXX Kattaqo‘rg‘onda yirik qimorxona faoliyatiga chek qo‘ydi

2021 yil 8 fevral kuni Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Kattaqo‘rg‘on shahar Ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Foto: Postda

“Postda” nashri xabariga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahar Do‘st Ishbekov ko‘chasida yashovchi, 1980 tug‘ilgan fuqaro M.F. pul evaziga xo‘rozlarni urishtirish uchun maxsus joy - “Arena” tashkil qilib, xo‘roz urishtirish uchun kelgan har bir fuqarodan 10 ming so‘m miqdorda pul olib kelganligi aniqlandi.
          
“Arena”da jami 3 nafar fuqaro o‘zining xo‘rozlarini urishtirish uchun olib kelgani, 70ga yaqin fuqarolar esa tomoshaga kelgani aniqlanib, ularning yoni ko‘zdan kechirilganda 3 nafar fuqaroning cho‘ntaklaridan "marixuana" giyohvandlik moddalari topilib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tezkor tadbir davomida 51 nafar fuqaroga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Mavzuga oid