2021 yilgi tinçlik böyiça Nobel mukofoti Rossiyaning «Novaya gazeta» naşri boş muharriri Dmitriy Muratov va filippinlik tadqiqotçi jurnalist Mariya Ressaga «demokratiya va barqaror tinçlikka erişişning birlamçi şarti bölgan fikr bildiriş erkinligini himoya qiliş yölidagi sa'y-harakatlari» uçun berilgandi.
10 dekabr kuni Dmitriy Muratov Nobel mukofotini topşiriş marosimida nutq sözladi.
«Dunyo demokratiyani yomon körib qoldi»
Muratov öz nutqini Nobel mukofoti sovrindori, akademik Andrey Saxarovning: «Işonç erkinligi boşqa fuqarolik erkinliklari bilan bir qatorda rivojlaniş asosi ekaniga işonaman... Tinçlik, rivojlaniş, inson huquqlari – bu uç maqsad bir-biriga çambarças boğliq» degan sözlari bilan boşladi.

— Saxarovning bu sözlari butun dunyoga maşhur bu zalda yana bir marta yangraşini zarur deb hisobladim.
Bu nega biz uçun, men uçun muhim?
Dunyo demokratiyani yomon körib qoldi.
Dunyoning hukmdor qatlamdan hafsalasi pir böldi.
Dunyo diktatura tomon qadam taşladi.
Rivojlanişga inson huquq va erkinliklariga rioya qiliş bilan emas, texnologiyalar va zöravonlik bilan erişiş mumkin degan xayolot paydo böldi.
Mana şunday erkinliksiz rivojlaniş.
Mana şunday sigirsiz sut...
Diktaturalar zöravonlik qiliş uçun özlariga oson yöl topdi.
«Qiynoqlar insoniyatga qarşi eng oğir jinoyat deb tan olinişi kerak»
— Biz mahkumlar va mahbuslarga qarşi qöllanayotgan qiynoqlar haqida tez-tez eşitmoqdamiz. Odamlarni sindiriş uçun, hukm doirasidan taşqarida jazoning şafqatsizligini yanada oşiriş uçun qiynaşmoqda. Bu – yovvoyilik.











