Joriy yilning 10 dekabr kuni taxminan soat 18:40larda Yunusobod tumanida ölim bilan yakun topgan yöl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB xabar qilmoqda.
Ma'lumotga köra, Yunusobod tumanidagi Amir Temur köçasi, “Minor” metro bekati qarşisida haydovçi, 1990 yilda tuğilgan T.J. boşqaruvidagi 72-sonli yönalişli avtobus harakatlanayotgan vaqtida, yölning belgilanmagan qismidan kesib ötayotgan piyoda T.U.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda olgan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda.












