Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'lumotni bozorda işlovçi ikki savdogar Kun.uz'ga tasdiqladi.

Internetda tadbirkorlar tomonidan bozor direktori nomiga yozib berilayotgan “ogohlantiriş xati” surati tarqaldi.

“Men... “Qöyliq dehqon bozori”AJ hududida savdo faoliyati bilan şuğullanaman. Savdo faoliyatimni 2021 yil 31 dekabr kunida tugatib, 2022 yil 1 yanvar kunidan “Food city”da faoliyatimni davom ettiraman. Agarda yuqoridagi qonuniy talabga amal qilmasam, Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 183-, 194– va Jinoyat kodeksining  277-, 229-moddalari asosida javobgarlikka tortilişim töğrisida ogohlantirildim”, deyiladi xatda.

Mazkur “ogohlantiriş xati”da keltirilgan moddalardan biri – MJtKning 183-moddasi – mayda bezorilik bilan boğliq. Şu kodeksning 194-moddasida içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik haqida söz boradi.

“Ogohlantiriş xati”da bozor ma'muriyati talabi bajarilmasa, tadbirkorlar göyoki Jinoyat kodeksining 2 ta moddasi (229, 277) bilan javobgarlikka tortilişi körsatilgan. 229-modda – özboşimçalik, 277-modda esa bezorilik haqida.

Eslatib ötamiz, 7 dekabr kuni Toşkent şahar hokimligi Qöyliq dehqon bozori va unga tutaş ulgurji savdo maydoni yöl kengaytirilişi sabab boşqa manzilga köçirilişini ma'lum qildi.

Keyinroq bozor Qöyliqdan 6,5 km masofadagi, Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumanida joylaşgan “Food city” savdo markaziga köçişi ma'lum böldi.

Kun.uz bilan suhbatlaşgan bozorçilar bu qarordan norozi ekanini bildirişdi. Ularga köra, yangi majmuadagi dökonlar ijarasi haddan taşqari qimmat, maydoni esa juda kiçik. Savdogarlar bozor köçişi natijasida Toşkentda oziq-ovqatlar narxi oşişini aytişdi.

“Food city” savdo majmuasi vakilining Kun.uz'ga bildirişiça, ijaraga dökon oliş uçun 100 mln sömdan ortiq mablağni garov sifatida qöyiş kerak va oyiga 3,5 mln sömdan ijara tölovi amalga oşirib boriş lozim.