Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda Nexia yo‘lovchisi vafot etdi
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida yo‘lovchi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 10 dekabr kuni davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-101 avtomobil yo‘lida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Bobotog‘-Uzun tumani markazi yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Isuzu yuk mashinasi va Nexia mashinasi o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda Nexia'da yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, mazkur YTHga Isuzu yuk mashinasi haydovchisining qayrilib olish uchun harakatlanib Nexia'ning yo‘liga chiqib ketgani sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hozirda Uzun tumani IIB YHXB tomonidan hodisa yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026