Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti, 69 yoşli Siril Ramafosa koronavirus yuqtirib oldi va özini ihotaladi. Prezident vakolatlari vaqtinça vitse-prezident Devid Mabuzaga ötdi.
“Prezident Siril Ramafosa 12 dekabrda koronavirusga topşirgan testi musbat çiqqandan keyin davolanmoqda”, deb aytilgan xabarda.
Ma'lumotlarga köra, Ramafosa Keyptaundagi tadbirdan keyin özini yomon his qila boşlagan.
Ayni vaqtda JAR yetakçisi mudofaa kuçlari harbiy-tibbiy xizmati şifokorlari kuzatuvi ostida qolmoqda. Ta'kidlanişiça, Ramafosa avvalroq koronavirusga qarşi töliq emlangan.
JAR prezidenti barçani ogoh bölişga va emlanişga çaqirgan.
Avvalroq Ramafosa Ğarbiy Afrikaning 4ta davlatiga safardan qaytgandi.












