Poygalar tarixida 47 yil içida ilk bor çempionlikka da'vogar ikki poygaçi – Hemilton va Ferstappen final bosqiçiga bir xil oçko (369,5 dan) bilan keldi. Bunday holat poygalar tarixida bungaça faqat bir marta – 1974 yilda yuz bergan.
Amaldagi çempion, Mercedes a'zosi Hemilton poyganing aksariyat qismida yetakçilik qildi, biroq oxirgi aylanada bolidi pokrişkasini almaştirişga ulgurgan Ferstappen uni doğda qoldira oldi. Natijada britaniyalik 2-örin bilan kifoyalanib qoldi va sakkizinçi çempionlikni rasmiylaştiriş imkonidan mahrum böldi.
Umumiy jadvalda Ferstappen 395,5 oçko, Xemilton 387,5 oçko töpladi. 3-örinni Mercedes’ning yana bir a'zosi Valtteri Bottas (230 oçko) egalladi.
E'tiborlisi, 2014 yildan beri birinçi marta çempionlikni Mercedes a'zosi bölmagan poygaçi qölga kirita oldi.
Konstruktorlar kubogida qatorasiga sakkizinçi yil Mercedes 1-örinni egalladi.












