Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya qömitasining Şumanay tuman inspeksiyasi tomonidan "Ketenler" OFY hududida tezkor reyd tadbiri ötkazilgan. Unda Qönğirot tumanida yaşovçi 3 nafar fuqaro tomonidan noqonuniy ravişda 150 dona yovvoyi kabutarlar ovlanganligi aniqlangan.

FOTO: Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya qömitasi

Holat yuzasidan qonunbuzar fuqarolarga nisbatan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan. Kabutar ovçilariga Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 90-moddasi 4-bandiga asosan ma'muriy işlar böyiça sud organiga ötkaziş uçun hujjatlar tayyorlanmoqda.

Qöşimça qilinişiça, noqonuniy tarzda tutilgan kabutarlar ozuqa uçun Nukus şahridagi hayvonot boğiga beğaraz topşirilgan.

FOTO: Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya qömitasi

Oldinroq Qoraqalpoğistondagi yagona hayvonot boği yopilib ketiş arafasida qolgani haqida xabar bergandik. Öşanda Nukusdagi xususiy hayvonot boğida ayiq suvsiz qoldirilib, tahqirlangani aytilgandi.