«Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlaş tizimi yanada takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun qabul qilindi.

Unda şaxsning 16 yoşga tölmaganligi aybdorga ayon bölgan holda u bilan jinsiy aloqa qiliş yoki jinsiy ehtiyojni ğayritabiiy usulda qondiriş hamda unga nisbatan zörlik işlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etiş holatlari uçun javobgarlik çoralari kuçaytirildi.

JKning 128-moddasi 1-qismiga muvofiq şaxsning 16 yoşga tölmaganligi aybdorga ayon bölgan holda u bilan jinsiy aloqa qiliş yoki jinsiy ehtiyojni ğayritabiiy usulda qondiriş: 480 soatgaça (ilgari – 360 soatgaça) majburiy jamoat işlari; yoki 3 yilgaça (ilgari – ikki yilgaça) axloq tuzatiş işlari; yoki 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş; yoki 1 yildan uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Şuningdek JKning 128-moddasi 2-qism bilan töldirildi, unga muvofiq öşa harakatlar moddiy qimmatliklar beriş yoxud mulkiy manfaatdor etiş orqali sodir etilgan bölsa: 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş; yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
 
JKning 128-moddasi 1, 2-qismlarida nazarda tutilgan harakatlar: takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; JKning 118 yoki 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan şaxs tomonidan sodir etilgan bölsa, 5 yildan 7 yilgaça (ilgari – 3 yildan 5 yilgaça) ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

JKning 129-moddasiga muvofiq şaxsning 16 yoşga tölmaganligi aybdorga ayon bölgan holda, unga nisbatan zörlik işlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etiş: 360 soatgaça (ilgari – 300 soatgaça) majburiy jamoat işlari; yoki 1 yildan 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari; yoki 1 yildan 2 yilgaça (ilgari – 1 yilgaça) ozodlikni çeklaş; yoki 1 yildan 2 yilgaça (ilgari – 1 yilgaça) ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
 
Öşa harakatlar zörlik işlatib yoki qörqitib sodir etilgan bölsa: 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari; yoki 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş; yoki 2 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.