Sirojiddin Eşmatov Davlat soliq qömitasi raisining örinbosari lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Surxondaryo viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimidan ozod etildi. Bu haqda «Nigoh» kanali xabar bermoqda.
Sirojiddin Eşmatov 1971 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan. 1991 yilda Toşkent xalq xöjaligi instituti, 1999 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat quriliş akademiyasini tamomlagan.
Soliq tizimidagi faoliyatini 1992 yilda Kitob şahar davlat soliq inspeksiyasida inspektorlik vazifasidan boşlab, 27 yil davomida viloyat soliq xizmati organlarida turli rahbarlik lavozimlarida mehnat qilgan.
Qaşqadaryo viloyati soliq boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari ham bölgan Eşmatov 2019 yil martidan buyon Surxondaryo viloyati soliq boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.
- Davlat soliq qömitasida raisning beşta örinbosari lavozimi bor. Ayni vaqtda Mubin Mirzayev, Olimjon Fayziboyev, Jahongir Abdiyev va Mirziyod Mahkamov rais örinbosarlari hisoblanişadi. Şu vaqtgaça bitta örinbosar örni vakant edi - katta ehtimol bilan Eşmatov aynan şu örinni töldirgan.












