Tehron bilan yadroviy kelişuv böyiça muzokaralarning navbatdagi raundida iştirok etuvçi Ğarb mamlakatlari Venadagi uçraşuv vaqtni behuda ötkaziş ekanini ma’lum qildi. Çunki Eron tomoni kelişuv yölini ataylab tösadigan şartlarni ilgari surdi.

Avstriya poytaxti bir tomondan AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya, boşqa tomondan Eron iştirokida 4+1 formatidagi muzokaralar yettinçi raundiga mezbonlik qilmoqda.
Ayrim xabarlarga köra, Eron avvalgi olti raund davomida erişilgan murosalarning baridan voz keçgan. Iqtisodiy sanksiyalarni bekor qiliş evaziga Eronni öz yadro dasturini işlab çiqiş imkoniyatidan mahrum qiluvçi yadroviy kelişuv 2015 yilda Barak Obama administratsiyasi davrida Vaşington va Tehron örtasida imzolangan. Oq uyning navbatdagi rahbari Donald Tramp AQŞni mazkur kelişuvdan çiqarib taşladi, yangi prezident Jo Bayden esa muzokaralarga qaytiş taşabbusi bilan çiqdi.
Biroq hozirda Venada bölib turgan ingliz, fransuz va nemis delegatsiyalari kelişuvni yangilaş vaqti deyarli ötib ketgan deb hisoblaşmoqda. Uning yangi şartlarini muhokama qilişdan taşqari, kelişuv muzlatilgan vaqtda Eron öz yadro dasturini rivojlantiriş böyiça qanday sakraş qilgani hisobga olinsa, eski şartlarni ham körib çiqiş kerak böladi. Bu esa boşqaça formatni talab etadi.
Tehron vakillari, öz navbatida, ğarblik hamkorlar Eronga nisbatan ayblov ohangini tanlab, özlarini nokonstruktiv tutayotganini ma’lum qilmoqda.
«Ayrim iştirokçilar haqiqiy diplomatiya bilan şuğullaniş örniga bizni barmoq bilan körsatiş odatidan heç qaçon voz keçmaydilar», deya yozdi Eron delegatsiyasi rahbari Ali Bageri Kani öz Twitter’ida.
Uning ta’kidlaşiça, Tehron Yevropaga öz şartlarini allaqaçon bayon qilgan va kelişmovçiliklarni bartaraf etiş uçun qölidan kelgan barça işni qilmoqda. «Diplomatiya bu – ikki tomonlama harakatlaniladigan köça. Agar qaysidir xatoni töğrilaş uçun çinakam intiliş bölsa, manfaatli bitimga yöl tezda topiladi», dedi u.
Stavkalar baland


















