15 dekabr kuni Senatning navbatdagi majlisi ötkazildi. Unda kötarilgan dolzarb masalalardan biri – davlat budjeti mablağlari nazoratining samarali yölga qöyilmagani töğrisida böldi. 

Timur Işmetov / Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Senatorlar tomonidan moliya vaziri Timur Işmetovga berilgan savollarning aksariyati ham aynan – noqonuniy özlaştirilayotgan budjet mablağlari böyiça yangradi.

Xususan, har yili yirik miqdordagi pullar ajratiladigan ijtimoiy sohada uçrayotgan pullarni noqonuniy özlaştirişlar muammosi senatorlar diqqat markazida böldi.  

Qayd etilişiça, xalq ta’limi tizimida ötgan 11 oy içida 88 mlrd sömlik moliyaviy xato-kamçiliklar, şundan 27,5 mlrd sömlik öğrilik va kamomad aniqlangan. Quriliş sohasida esa bundan-da köproq — 92 mlrd sömlik davlat mablağlari noqonuniy ravişda özlaştirib yuborilgan.

Yana aytilişiça, Maktabgaça ta’lim va Soğliqni saqlaş vazirliklari tizimida budjet intizomini buziş holatlari, jumladan, ortiqça va notöğri tölovlar 2020 yilning mos davriga qaraganda 1,5 martaga oşgan.

Bu holatning yuzaga kelişiga tizimlarda moliyaviy nazoratning kuçli yölga qöyilmagani sabab qilib körsatildi. 

Majlis davomida moliya vaziri ijtimoiy sohada mablağlar samarasiz işlatilişi köproq uçraşini, ammo barça sohalarda ham bu muammo yöq emasligini tasdiqladi.

“Bu muammo barça tizimlarda bor”, deydi u.

“Davlatimiz rahbari tomonidan ham bu masala qöyilgan. Yiğilişlardan birida tanqidiy körib çiqilib topşiriqlar berilgan. 2022 yil oxirigaça moliyaviy nazorat tizimini takomillaştirişni rejalaştirganmiz. Bunda asosiy masala ijtimoiy soha vazirliklari bilan işlaş böladi”, deya fikr bildirdi vazir.

Işmetovga köra, ijtimoiy soha vazirliklarida xarajatlarning asosiy qismi oylik bölgani uçun, eng katta muammolar ham aynan oylik bilan boğliq.

“Ölik jonlar” deymiz, yöq odamlarga ham oylik hisoblaş holatlari köp uçraydi. Ayrim maktablarda hatto şunaqa bölganki, maktabdagi bir neçta sinflar sonini oşirib körsatib, smetada ortiqça xarajat qilingan. Bunaqa iş qiliş uçun bir neçta idora befarq qaragan yoki qöl urgan bölib çiqadi.  Buning oldini olişdagi yagona yöl – ijtimoiy soha vazirliklarini raqamlaştirişdan iborat.