2021 yilning 9 oyi davomida Özbekistondagi quriliş-ta’mirlaş işlarida davlat budjeti mablağlarini qöşib yozişlar orqali özlaştiriş ötgan yilga nisbatan 16 barobarga ortgan. Bu haqda Senatning 15 dekabrdagi yiğilişida ma’lum qilindi.

Qayd etilişiça, yanvar-sentyabr oylarida ta’lim va soğliqni saqlaş muassasalarini quriş-ta’mirlaş jarayonlarida budjet mablağidan 92 mlrd söm qöşib yozişlar aniqlangan.

Yiğilişda senatorlardan biri moliya vaziri Timur Işmetovga nega bunday holat davom etayotgani va mazkur muammoni hal qiliş uçun vazirlik nima işlar qilayotgani böyiça savol berdi. 

“Bu haqiqatan dolzarb muammo. 92 mlrd sömdan ortiq mablağ Moliya vazirligi davlat moliyaviy nazorati tomonidan aniqlangan raqamlar. Ğaznaçilik qayerga qarayapti deyişadi. Ammo ğaznaçilik birinçi navbatda köproq unga taqdim qilinayotgan hujjatlar töğriligini körişi kerak. Köp hollarda notöğri taqdim qilingan hujjatlarni rad etadi. Lekin içidagi raqamlar töğri yoki notöğri ekanini xodimlar köra olmaydi. Şuning uçun ham Davlat moliyaviy nazorat departamenti buni tekşirib boradi. Raqamlaştiriş jarayoni ösgani sari bu iş osonlaşmoqda. Kamçiliklarni aniqlaş kölami kengayib bormoqda. Davlat rahbari huzurida ham bu masala kötarilgan. Buni uzil-kesil hal qiliş uçun Moliya vazirligi jarayonni raqamlaştiriş bilan birga, investitsiya dasturlaridagi budjet mablağlarini qat’iy nazoratga oliş böyiça prezident qarori çiqqan. Bu orqali budjetdan çiqqan har bir söm mablağni nazorat qiliş böyiça qaror qilingan. Bu mablağlar maqsadsiz işlatilişining oldini olişda qat’iy qadam böladi deb hisoblaymiz”, deya javob berdi Işmetov.