Qayd etilişiça, moliyalaştiriş maqsadi davlat tomonidan mamlakatning inklyuziv va raqobatbardoş bozor iqtisodiyotiga ötiş jarayonini jadallaştirişga yordam beradigan muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oşirilişida yordam berişdir.
Uşbu operatsiyalar doirasida Özbekistonga 30 yildan ortiq muddatga past foizli 250 million dollarlik imtiyozli kredit, şuningdek, qaytariş muddati 12 yildan ortiq bölgan 150 million dollari miqdoridagi kredit bozor foiz stavkasida taqdim etiladi.
Uşbu operatsiya doirasida Özbekistonga körsatilayotgan moliyaviy va texnik yordam hukumatga qator muhim islohotlarni amalga oşiriş imkonini beradi.
Ularga quyidagilar kiradi: buğdoy bozorini yanada liberallaştiriş, davlat korxonalari boşqaruvini takomillaştiriş, davlat xarajatlari va qarzlari ustidan hisobdorlik va nazoratni kuçaytiriş, mehnat bozorida gender asosida kamsitişga qarşi kuraşiş, kam ta’minlangan şaxslarning nafaqa bilan ta’minlanganligini oşiriş, şuningdek, ayollar va nogironligi bölgan şaxslar uçun ijtimoiy himoya va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiriş.
Jahon banki guruhi Özbekiston bilan hamkorlikning yangi dasturini işlab çiqiş doirasida hukumat, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor bilan maslahatlaşuvlar olib bormoqda. Unda 2022-2026 yillarda Jahon banki guruhi tomonidan Özbekistonga körsatiladigan moliyaviy va texnik yordamning asosiy yönalişlari belgilab beriladi. Yangi hamkorlik dasturini işlab çiqiş 2022 yil örtalarida yakunlanişi kutilmoqda. U hukumat kelgusi beş yil davomida amalga oşirişni rejalaştirayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişning yangi milliy strategiyasi bilan çambarças boğliq böladi.












