Prezidentning “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir körsatadigan tösiqlarni bartaraf etiş va tadbirkorlik faoliyati yönalişlarini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Özbekistonda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib çiqib, virtual uyali aloqa operatoridan foydalanişga ruxsat beriş rejalaştirilmoqda.

Şuningdek, baza stansiyalari qurmasdan mavjud aloqa operatorlaridan birining tarmoğiga kiriş imkoniyati beriş ham közda tutilgan.

Mobil aloqa xizmatlarni körsatiş uçun litsenziya talablarini soddalaştiriş, amaldagi tölov va soliq miqdorlarini qayta körib çiqiş möljallangan.

Bundan taşqari, işlatilgan texnik moylarni töplaş va qayta işlaş faqatgina bitta korxona tomonidan amalga oşirilişi mumkin bölgan talab bekor qilinadi.

Teng raqobat şaroitini yaratiş va boşqa xöjalik yurituvçi sub’yektlarga uşbu faoliyat bilan şuğullanişga ruxsat beriş nazarda tutilmoqda.