Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşevning ta’kidlaşiça, 15 avgust voqealaridan keyin Amudaryo orqali 150 nafarga yaqin afğonlar Özbekiston hududiga suzib ötgan va keyinçalik ularning hammasi vataniga qaytarilgan.
«Özbekiston hududida yaşab kelayotgan afğon fuqarolarini kuç bilan, majburiy tarzda vataniga qaytariş rejalarimiz yöq. Ammo Termizda ommaviy tarzda yaşab kelayotgan qoçoqlarning katta lageri yoki şunga öxşaş alohida maskani haqidagi gaplar yolğon.
OAVga birinçi marta şuni aytişim mumkinki, 15 avgustdagi voqealardan keyin Amudaryo orqali 150 nafarga yaqin afğon fuqarolari Özbekiston hududiga suzib ötgan. Ularning aksariyatining moliyaviy imkoniyati yomon ahvolda edi, oilasi va yaqinlari Afğoniston hududida qolib ketgandi. Ya’ni bizning hududga qoçib ötganlarning AQŞ yoki Yevropa mamlakatlariga ketiş uçun iqtisodiy imkoniyati yöq edi.
Ular bilan gaplaşganimda, agar yangi hukumat qamamasa yoki jazolamasa, ortga qaytiş istagida ekanliklarini aytişdi. Ular orasida Afğonistonning sobiq hukumatiga xizmat qilgan harbiylar, davlat xizmatçilari ham bor edi. Ularni mayda guruhlarga bölib, hammasini vataniga qaytardik. Qaytganlarning birortasi qamalgani, kaltaklangani yoki jazolangani yöq. Ular özlarining eski turar joylariga xavfsiz yetib olişgan.
«Tolibon» rasmiylari bilan gaplaşganimda, ular bu qoçqinlarga nisbatan umumiy amnistiya berilişi va jazolanmasligini aytişdi.
Endi Özbekistonning turli şaharlarida yaşab kelayotgan afğon fuqarolari haqida aytadigan bölsak, xalqaro taşkilotlar ularning bir qismiga uçinçi mamlakatga borib, qoçoq maqomida yaşaşlari uçun yordam beradi, yaşaş va işlaş imkoniyatiga egalari Özbekiston hududida qoladi va viza masalalari öz-özidan hal etiladi.
Şu bilan birga, ayni paytgaça Özbekiston hududida bölişi uçun viza muddatlari tugaganlar ham majburan mamlakat hududidan çiqarib yuborilmaydi», dedi u.












